
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bugun ertalab o‘tkazilgan hokimlik soatidan so‘ng Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
E.Turdimov shaharning Qorasuv massivida bunyod etilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylar o‘rni va loyihalar bilan tanishdi. Qurilish ishlarini sifatli, aholi uchun qulay tarzda bajarish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
Shahar hududidan o‘tuvchi Siyobcha arig‘i atrofini chiqindilardan va noqonuniy qurilishlardan tozalash masalasi keyingi paytda aholi o‘rtasida ham ijtimoiy tarmoqlarda ham eng ko‘p muhokama etilayotgan mavzuga aylandi. E.Turdimov viloyati va shahar mutasaddilari bilan birga mazkur kollektor va uning atrofida yuzaga kelgan holat bilan tanishib, mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Samarqand shahrida joylashgan “Geofundamentprojects” MChJ faoliyati bilan tanishuv chog‘ida qurilish-arxitektura sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirgan viloyat hokimi bu yerda amaliyot o‘tayotgan Samarqand arxitektura-qurilish instituti talabalari, ilmiy-tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi.
Yosh tadqiqotchilar viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi loyihalar, o‘z tadqiqot ishlari natijalari va boshqa masalalarda fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida viloyat qurilish va arxitektura boshqarmasi qoshida yosh olimlar, tadqiqotchilar va loyihalash institutlari ishtirokida muzokaralar klubi tashkil etishga qaror qilindi. Klub a’zolari har ikki oyda bir marotaba uchrashib, o‘zaro fikr va tajriba almashishi belgilandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |