
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon tibbiyot instituti bitiruvchi talabalari bilan uchrashdi.
nstitut professor-oʻqituvchilari, talabalari ishtirok etgan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatini toʻlaqonli namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy oʻquv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim sifatini xalqaro andozalar darajasiga koʻtarish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.
Bakalavr va magistratura yoʻnalishlarida 30 ga yaqin ixtisoslik boʻyicha 5 mingdan ziyod yigit-qiz tahsil olayotgan mazkur institutni joriy oʻquv yilida 316 nafar talaba va magistr tamomlaydi.
Uchrashuv doirasida institut maʼmuriyati tashabbusi bilan 2019-2020 oʻquv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi” ham oʻtkazildi. Yarmarkada tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi hamda xususiy tibbiy muassasalar, shuningdek, viloyat tibbiyot shifoxonalari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarka davomida barcha bitiruvchilar ishga joylashish boʻyicha aniq takliflar oldi, aksariyat bitiruvchilar esa ishga joylashish yuzasidan shartnomalar tuzdi.
Shundan soʻng, viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularni oʻylantirayotgan masalalar bilan qiziqdi. Talabalar viloyat hokimiga joylardagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, tibbiyot yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etishga qaratilgan qator taklif, fikr va mulohazalar bilan murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida hal etildi, bir qator masalalarni hal etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oilalarni mustahkamlash, yoshlar oʻrtasida erta nikohlarning oldini olish, ajrimlarning sabablari xususida ham fikr almashildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |