2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Senator Abdugʻani Sanginov Surxondaryoda uchrashuvlar oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov Surxondaryo viloyatida boʻlib, Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida aholi bilan uchrashdi.

Sariosiyo tibbiyot kollejida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Prezidentimizning Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisidagi nutqi va Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Yangi Oʻzbekistonni kelgusida rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan strategik yoʻllari, jamiyatni islohotlarning tashabbuskoriga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar xususida soʻz yuritildi.

– Soʻnggi yillarda erkinlik, ochiqlik hayotimizning mazmuniga aylanib bormoqda, – dedi A.Sanginov. – Bu mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar samarasidir. Endilikda odamlar emin-erkin oʻz muammolarini davlat idoralari oldiga koʻndalang qoʻymoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq aytayotir. Bilaman, koʻpchiligingiz elektr energiyasi taqchilligidan arz qilmoqchisiz. Shu soha mutaxassisi boʻlganim uchun bir narsani sizlarga aytib qoʻyay. Hozir Surxondaryo viloyatida 137 mvt. elektr energiyasi yetmaydi. Chunki, yangi-yangi zamonaviy korxonalar barpo etilib, energiya isteʼmoli intensiv oshib borayotir. Bu muammo davlat darajasida tahlil qilinib, tegishli choralar koʻrilayotir. Bu yil tumandagi 75 mvt. quvvatga ega boʻladigan Zarchob GESini ishga tushiramiz. Kelgusi yil 175 mvt. kuchlanishli Toʻpalang GESi ham foydalanishga topshiriladi. Maʼnan eskirgan transformator, ustun va simlar ham bosqichma-bosqich almashtiriladi. Mana, men tumandagi Niloba mahallasida elektr energiyasi bilan bogʻliq muammoni ijtimoiy tarmoqda oʻqib qoldim. Bugun ana shu masalaga ham yechim izlaymiz.

“Senator bilan uchrashuv” mavzuidagi tadbir doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Sariosiyo tumani hokimi U.Toʻrayev va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida fuqarolarni oʻylantirayotgan masalalar tinglandi. Ularning gaz va elektr energiyasi taʼminoti, oqova va ichimlik suvi, yoʻllarni taʼmirlash masalalari, taʼlim, tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan bogʻliq muammolari joyida oʻrganilib, hal etiladigan boʻldi. Moliyaviy manbalari aniqlanib, yechimi topildi.

Niloba mahallasidagi 740 oilada 3 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bir guruh nilobaliklar qishloqda elektr energiyasi yetishmasligini ijtimoiy tarmoqlarda yoritgan. Oʻrganishlarga koʻra, murojaatchilar daryoning muhofaza zonasida uy-joy qurishgan. Ayrimlarining kadastr hujjatlari ham yoʻq. Keyingi yillarda yangi uy-joylar qurilishi bilan hududda elektr energiyasi yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Koʻproq quvvatga ega transformatorga ehtiyoj sezilgan. Shuningdek, ayrim yogʻoch ustunlar eskirgan. Bu masala senator A.Sanginov tomonidan tez kunlarda hal etiladigan boʻldi.

Shu yerda bir yoʻla tuman boʻyicha bu muammo chuqur tahlil qilinib, yigirmaga yaqin transformator yangilanadigan, ikki mingga yaqin yogʻoch ustunlar yangisiga almashtiriladigan boʻldi.

Shu kuni viloyat hokimi T.Bobolov va senator A.Sanginovlar Sariosiyo tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida boʻlib, tibbiyot muassasasini koʻzdan kechirdi. Binolarni qayta taʼmirlab, bemorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga kelishib olindi.

Oliy Majlis Senati aʼzosining Uzun va Denov tumanlaridagi uchrashuvlarida ham shunga oʻxshash turli masalalar oʻrtaga tashlandi. Muhim ahamiyatga ega muammolarni A.Sanginov joyiga borib oʻrgandi. Jumladan, Serharakat va Mustaqillik mahallalarini bogʻlaydigan koʻprik barpo etilganiga 40 yildan oshgan. Doʻngʻizoʻldi selxonasi ustida qurilgan beton koʻprik atrofi bahorda keladigan kuchli sel oqimi sababli yillar oʻtishi bilan yemirilib bormoqda. Koʻprikning ishdan chiqishi uch ming 600 dan ortiq aholi yashaydigan Xalqobod qishlogʻiga transport qatnovini toʻsib qoʻyishi mumkin.

Mustaqillik mahallasidagi 53-maktab yigirma yillar ilgari hashar yoʻli bilan qurilgan. 140 oʻquvchi taʼlim olayotgan muassasaga termit zararkunandasi jiddiy talofat yetkazgan. Chekka hududdagi taʼlim muassasasini borib koʻrgan xalq vakili zamonaviy yangi maktab qurib berishni oʻz zimmasiga oldi.

Senatorning ilk uchrashuvlari xalq uchun xizmat qiladigan koʻplab ana shunday muammolarga aniq yechim topgani bilan ahamiyatli boʻldi.

15.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar