Navoiy shahar hokimi Muhiddin Bozorov 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari yoshlari bilan uchrashdi.
Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yosh avlodning muammolarini oʻrganish, fikr va takliflarini eshitish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqotda 150 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ularning asosiy qismi ish bilan band boʻlmagan yoshlardir.
Uchrashuvda yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning 24 tasi joyida hal etildi. 43 ta murojaat mutasaddi tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 5 ta masala boʻyicha yoshlarga huquqiy maslahat berildi.
– Madaniyat va sanʼat kollejini tamomlaganimga 3 yil boʻldi, — deydi Guliston mahallasi Oybek koʻchasida yashovchi Madina Rasulova. – Uchrashuvda ish topishda yordam soʻrab murojaat qildim. Masalam ijobiy hal etilib, “Navoiy avto savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi. Bundan juda xursandman.
Bir guruh yoshlar shahar Bandlikka koʻmaklashish markazida tashkil etilgan oʻquv kurslarida qayta kasbga tayyorlash uchun yoʻnaltirildi. Ikki oy davom etadigan oʻquv kurslarida yoshlarga stipendiya ham beriladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |