2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kemalar “qabriston”i etni jimirlatar edi

Ilgari Moʻynoq desa, Orol tark etgan, tuz koniga aylangan olis tuman koʻz oldimizda gavdalanar edi. Endilikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Moʻynoqqa boʻlgan eʼtibor butunlay oʻzgardi. Moʻynoq bugungi kunda yurtimizning eng olis va chekka tumani emas, balki qaynoq voqealar markazidagi hududlardan biriga aylandi.

Hozirda Yurtboshimiz tashabbusi bilan Orol suvi tortilgan hududlarda saksovulzorlar barpo etilayotir. Quvonarlisi, bu xayrli ishga yurtimizdagi barcha fuqarolar, keksa-yu yosh oʻz hissasini qoʻshmoqda. Prezidentimizning “Madaniyat Moʻynoqdan boshlanadi” degan purmaʼno soʻzlari bugun hayotimizda oʻz aksini topmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bugun barcha yoʻllar bizni Moʻynoq tomon eltmoqda.

 

photo5344066114235248065.jpg


Oʻzini shu yurtning fuqarosi deb bilgan har bir inson umid bilan saksovul urugʻini ekish uchun Orol tomon oshiqmoqda. Bu ishda OʻzLiDeP faollari ham tashabbuskorlar safida boʻlmoqdalar. Xususan, yaqinda partiyaning Fargʻona shahar Kengashi deputati, Fargʻona xalqaro aeroporti rahbari Mirodil Madaminov bir guruh partiya faollari bilan Moʻynoqda boʻlib, Orolning qurigan joyida toʻrt yuz kilogrammga yaqin saksovul urugʻini ekib, yaqin kelajakda barpo etiladigan oʻrmonzorlarga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Orol muammosi jahon hamjamiyati muammosi ekanligini dunyo tan oldi. Xususan, davlatimiz rahbari 2017-yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-assambleyasida yuksak minbardan turib “Yana bir bor eʼtiboringizni zamonamizning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri — Orol fojiasiga qaratmoqchiman.

 

photo5303047183693622333.jpg


Orol fojiasining xaritasiga eʼtibor qiling. Fikrimcha, bu yerda izohga hojat yoʻq. Dengiz qurishi oqibatlarini bartaraf etish bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi faol harakatlarini talab qiladi. Biz BMTning bosh kotibi ilgari surgan fikr — “suv, tinchlik va barqarorlik masalalari bir biriga uzviy bogʻliqdir”, degan soʻzlariga toʻlaqonli qoʻshilamiz. Ishonchim komilki, suv muammosini hal qilishda bu mintaqa va xalqlarning manfaatlarini teng hisobga oladigan boshqa yechim yoʻq”, degan edilar.

— Bugun Orol taqdiri shu yurtda yashaydigan har bir insonni tashvishga solayotgani ayni haqiqatdir. Orolni qayta toʻldirish chorasiz boʻlsa ham ekologik holatni yaxshilash imkoni bor ekanligini bilamiz. Mana shunday ezgu ishga hissa qoʻshish fuqaro sifatida mening ham asosiy burchimdir. Ishonchim komil, hali Moʻynoq turizmi rivojlangan markazlardan biriga aylanadi. U yerdagi muhit, fuqarolar ahil-inoqligi, eski uylar oʻrnida yangi obyektlar qad rostlayotgani, “Qizil kitob”ga kiritilgan qushlarning parvozi meni oʻziga rom etgan boʻlsa, “Kemalar qabristoni” etimni jimirlatdi, — deydi biz bilan suhbatda Mirodil Madaminov.

14.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar