2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzaev qishda olis qishloqlarda tunab qolmoqda...

Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida yashovchi aholining holidan xabar olish, ularning tashvish va muammolarini o‘rganish maqsadida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi sektor rahbarlari 7-8 fevral kunlari Shahrisabz tumanidagi olis Sarchashma qishlog‘ida ommaviy qabul o‘tkazdi.

4 ming 700 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan Sarchashma qishlog‘i Shahrisabz tumani markazidan 70 kilometr olisda, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda, Qirqqiz, Shoh yurti, Ayritog‘ cho‘qqilari etagida joylashgan. Musaffo tabiatli bu qishloq ahli har yili, ayniqsa, qish kunlarida yo‘l masalasida muammoga duch keladi. Shu bois sayyor qabulda bu muammoga alohida to‘xtalindi, mutasaddilarga yo‘lning ahvolini yaxshilash, suv yuvishi mumkin bo‘lgan qismlarida zichlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

 

Dildan suhbat, samimiy muloqotlar jarayonida tog‘liklarning bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘lamini oshirish, ekinlarni sug‘orish tizimini yaratish, dehqonchilik uchun ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar shoxobchasi qurish, kutubxona ochish, aholi bandligini oshirish yuzasidan murojaatlari bo‘yicha ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etildi. Dorixona va mineral o‘g‘itlar shoxobchasi qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun tadbirkorlarga yer va imtiyozli kreditlar ajratib beriladigan bo‘ldi. Qo‘shimcha o‘rganish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha tushuntirish berilib, amaliy natijasi ma’lum qilinishi belgilab olindi. Dehqonchilik qilish uchun ariqlar orqali reja asosida qishloqni suv bilan ta’minlash masalasi joriy yilda bartaraf etiladigan bo‘ldi.

 

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sarchashma qishloq uchastka shifoxonasi bundan 25 yil ilgari bunyod etilgan. Ammo o‘shandan buyon biror marta ta’mirlanmagan. Buning natijasida isitish tizimi butunlay ishdan chiqqan. Bosh shifokor To‘raqul Rajabovning ta’kidlashicha, zamonaviy apparatlar, katta yoshlilar yotib davolanishlari uchun xonalar yo‘q. Og‘irlashib qolgan bemorlarni tuman markaziga eltish uchun yo‘ltanlamas tez tibbiy yordam mashinasi zarur.

 

Viloyat hokimi mazkur shifoxonadagi ahvolni joyida o‘rgandi. Tibbiyot xodimlarini, bemorlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Mazkur shifoxonada joriy yilning o‘zida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan, uning moddiy texnik bazasi yaxshilanadigan, bir oy ichida shifoxonaga yo‘ltanlamas tez tibbiy yordam mashinasi keltiriladigan bo‘ldi.

 

Sayyor qabul jarayonida 50 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolar, keksalar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a-salomlar ulashildi.

 

Shu kuni viloyat hokimi Sarchashmada joylashgan 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi. 50 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘chada bugungi kunda 130 nafar bola tarbiyalanmoqda. Tarbiyachilar bilan suhbat davomida joriy yilda mazkur qishloqda 150 o‘rinli yangi bog‘cha barpo etilishi ma’lum qilindi.

 

Viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari kechga borib, qishloq ahli bilan suhbatni gulxan atrofida davom ettirdilar.

 

Qishloq ahlining shart-sharoitini o‘rganib, vaziyatni his qilish uchun shu qishloqda tunab qolgan viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ertasi kuni nikoh to‘yini nishonlayotgan Nodirjon va Zebixonlarni qutlab, ularga uy-ro‘zg‘or buyumlari sovg‘a qildi. 60 dan ortiq ehtiyojmand oilalar farzandlariga kiyim-kechaklar berildi. Sarchashmada joylashgan 57-maktabda tashkil etilgan musiqa to‘garagi a’zolariga 30 ta cholg‘u asboblari sovg‘a qilindi.

 

Aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida o‘tkazilgan bu sayyor qabul odamlarning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishi, turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Sayyor qabul jarayonida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham tashkil etildi.

Uchrashuvda shikoyatlardan ko‘ra takliflar ko‘p bo‘ldi. Masalan, yoshlar tomonidan respublika miqyosida tojik tilida dars o‘tiladigan maktablar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish, Qarshi davlat universitetida tojik tilida o‘qitiladigan guruhlar tashkil etish, kutubxona ochish va uni Wi-Fi tizimiga ulash, maktabni bitirgan qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qishloqda tikuvchilik fabrikalarining filiallarini ochish kabi takliflar ilgari surildi.

 

Hududda yoshlar bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanishi uchun sport zali barpo etish, maktabning fizika, kimyo va biologiya laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, uy-joy qurish uchun yer ajratish, ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlarning bir qismi shu kunning o‘zida ijobiy yechim topdi. Misol uchun, profilaktika inspektorining yordamchisi bo‘lib ishlash istagini bildirgan Shokir Rahmonovning murojaati shu kunning o‘zida hal etildi va ishga qabul qilindi. Kutubxona masalasida murojaat qilgan yoshlar ertasiga aksariyati tojik tilidagi 10 million so‘mlik kitoblar bilan boyitilgan kutubxonaga ega bo‘ldi.

 

Tadbirkorlik, chorvachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratib beriladigan bo‘ldi.

 

Sarchashma aholisining 50 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularning ham deyarli yarmi shu hududdagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oladi. Shu bois ham “Hokim va yoshlar uchrashuvi” davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan tadbirlarga ulanib ketdi. Viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi sport musobaqalarini kuzatib, ular tomonidan yasalgan buyumlarni tomosha qildi. San’at bobidagi mahoratlari bilan qiziqdi.

11.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar