Oʻzbekiston “Adolat” SDP Arnasoy tuman kengashi ishchi guruhi hududdagi deputatlari bilan birga “Bobur” MFYdagi Oʻrikli koʻchasi aholisi bilan uchrashdi.
Fuqarolar ichki yoʻllar, ichimlik suvi va elektr taʼminotida yillar mobaynida hal qilinmayotgan muammolarni aytdi.
Darhaqiqat, ichki yoʻllar manzarasi gʻoyat ayanchli, ichimlik suvi va elektr taʼminoti boʻyicha aytilgan muammolar ham oʻrinli. Maʼlum boʻlishicha, bu muammolar 29 yildan buyon faqat aytiladi, murojaat qilinmagan tashkilot qolmagan, yechim esa yoʻq. Shu bois xalqda deputatlarga, davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga nisbatan kuchli ishonchsizlik paydo boʻlgan.
– Koʻp yillardan buyon farzandlarimiz loy va chang koʻchalardan maktabga qatnaydi. Eng yomoni qish va bahor faslida boʻladi. Farzandlarimiz mahalla boshiga chiqqunicha suv va loy kechishiga toʻgʻri kelmoqda. Natijada hoʻl, nam oyoq kiyim bilan kun davomida darsda oʻtirib, tez-tez shamollab qoladi, – deydi Oʻrikli koʻchasida yashovchi fuqaro Nazokat Qurbonova.
– Yuqoridagi muammolarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari chiqarildi, – deydi xalq deputatlari.
Arnasoy tuman Kengashi deputati Farrux Abduhamidov. – Hozirda tumanda bu kabi muammolarning tizimli yechimi boʻyicha tegishli tashkilotlar hisobotini eshitish hamda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Oʻrikli koʻchasi aholisi aytgan muammolarga yechim topish doimiy nazoratimizda boʻladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |