O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev hamda Senat a’zolari Farhod Boqiev va Farmon Toshev Urgut agrotadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejida tumandagi So‘fi, O‘roqboyjar, Qayroqli va Jartepa qishloqlarida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbir avvalida B.Sayfullaev yoshlarga parlament yuqori palatasi, uning tuzilmalari faoliyati, yoshlarni san’at, madaniyat, sport va tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Shundan so‘ng senatorlar urgutlik yoshlarning Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus asosida kitobxonlik, san’at, sport va yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq ko‘rgazmali chiqishlari bilan tanishdi. Ijodkor, izlanuvchan, tadbirkor, g‘ayratli yoshlar bilan muloqotlar jonli kechdi. Yoshlarning orzu-maqsadlari bilan qiziqib, taklif va mulohazalarini eshitdi. Ular Senat a’zolariga o‘zlarini qiziqtirgan masala va o‘ylantirayotgan muammolarini ochiq-oydin bildirishdi. O‘z navbatida, senatorlar bandlik, yoshlarning ilmiy faoliyatini izchil davom ettirish, shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilashga e’tibor qaratish, imtiyozli bank xizmatlaridan foydalanish kabi masalalarni atroflicha muhokama qildi.
– Korxonamizda 55 nafar yoshlar ishlaydi, erkaklar kiyimi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz, deydi tumandagi “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi rahbari Majidxon Islomov.
– Bugungi tadbir kelgusida korxonani kengaytirish, Samarqand shahri va qo‘shni tumanlarda ham uning filiallarini ochish va mahsulotlarimiz sotuvini keng yo‘lga qo‘yish uchun ahamiyatli bo‘ldi. Senat qo‘mitasi raisi bu harakatimni qo‘llab-quvvatlashini, bunday ezgu harakatlar uchun nafaqat menga, balki tadbirkor tengdoshlarimga “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi asosida kam foizli kredit ajratilishida ko‘mak berishini bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |