2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Katta o‘zgarishlar og‘ushidagi Qonliko‘l

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va faol yoshlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keng ko‘lamli qurilish hamda bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan Qonliko‘l tumanida bo‘ldi.

Dastlab ishtirokchilar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Dao‘let Toliboev o‘tgan yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan joriy yilgi vazifalarga to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, Orolbo‘yining barcha hududlari kabi Qonliko‘l tumanida ham o‘tgan yili keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yilning 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari belgilab berilgan edi. Shu asosda tumanni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish va ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi belgilanib, buning uchun 96 milliard 799 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Dastur bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida “Jayhun“ o‘yingohi, “O‘zpaxtasanoat“ aktsiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy narxi 2 milliard 400 million so‘m bo‘lgan, 150 xotin-qiz mehnat qilayotgan tikuvchilik tsexi, Davlat xizmatlari markazi, Aholi bandligi markazi, Madaniyat markazi, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, Investitsiya dasturi doirasida 14 milliard 448 million so‘mlik, “Obod qishloq” davlat dasturi bo‘yicha 25 milliard 679 million so‘mlik qurilish hamda obodonlashtirish ishlari olib borildi. O‘tgan yilda tumanda 220,2 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shundan 80,1 milliard so‘mi yoki 36,4 foizi kichik biznes sub’ektlari ulushiga to‘g‘ri keladi.

Tumanda “Kanteks invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirilishi bilan 600 yangi ish o‘rni yaratildi. Yiliga 10 ming tonna kalava-ip ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Polsha hamda Ukraina mamlakatlariga eksport qilindi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, asosiy maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash, ularni bugungi kundan rozi bo‘lib yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Ya’ni, “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. Shu nuqtai nazardan, mana shunday muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishda joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasiga fuqarolardan 185 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 178 ta murojaat ijobiy echim topgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Dastur doirasida 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida 2 milliard 466,1 million so‘mlik, 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida 1 milliard 599,8 million so‘mlik rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Bundan tashqari, tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida, 18-umumta’lim maktabida ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 19 ta ikki qavatli uy-joyda 2 milliard 684 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lsa, tuman markaziy ko‘chalarida 22 ta zamonaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishi davom etmoqda.

Joriy yilda ham tumanda qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida har bir rahbarga aholi ishonchini oqlashdek yuksak vazifalarni belgilab berdi. Tumanda 2021 yilgacha umumiy narxi 120 milliard 767 million so‘mlik 18 ta loyihani amalga oshirish, shuning hisobiga 474 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.

Jumladan, joriy yilda pilla xomashyosini qayta ishlaydigan “Qonliko‘l ipagi” korxonasi ishga tushiriladi va 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. O‘tgan yilda 1 million 400 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy yildagi reja 9 million 810 ming AQSh dollarini tashkil etadi. “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida eng chekka hudud hisoblangan “Qonliko‘l” ovul hamda “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘inlarida obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbir ishtirokchilari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada, “Kitob” monumentida va “Bilimsiz insonning jamiyatdagi o‘rni” esdaligida, o‘tgan yilda foydalanishga topshirilgan Davlat xizmatlari markazida, Yoshlar markazi hamda Madaniyat markazida bo‘ldi. Umumiy qiymati 1 milliard 400 million so‘m bo‘lgan Yoshlar markazida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yangidan barpo qilingan muassasada Axborot-resurs markazi, ingliz, rus, matematika hamda “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, “Raqamli texnologiyalar” o‘quv kursi tashkil etildi. Madaniyat markazida 180 o‘ringa mo‘ljallangan tomoshabin zali, beshta to‘garak xonasi mavjud bo‘lib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

03.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar