Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli viloyatning chekka tumanlaridan biri – Paxtachida oʻtkazildi.
Albatta, qabulda hokim bilan birga viloyatdagi boshqa sektorlar rahbarlari, boshqarma va idoralar boshliqlari hamda tumandagi mutasaddilar ishtirok etdi. Har bir murojaatchining masalasi ular ishtirokida shu yerning oʻzida koʻrib chiqildi, zarur chora-tadbir belgilandi.
– Qishlogʻimizda elektr energiyasi taʼminotida muammolar koʻp, – deydi “Hunarmand“ mahallasida yashovchi Azamat Karimov. – Transformator va simyogʻochlarni almashtirish masalasida viloyat hokimiga murojaat qildim. Shu yilning iyul oyigacha bu muammo bartaraf etilishi boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Qariyb 7 soat davom etgan sayyor qabulda 496 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Bu fuqarolarning hammasi ham Paxtachidan emas, qoʻshni tumanlardan kelganlar ham koʻpchilikni tashkil etdi. Muhimi, sayyor qabullardagi murojaatlar eʼtiborsiz qolmayapti, har bir masalaga yechim izlashga harakat qilinmoqda. Paxtachidagi murojaatlarning ham aksariyatini elektr energiyasi va gaz taʼminoti, yoʻl qurilishi bilan bogʻliq muammolar, bandlik, tibbiy xizmat hamda uy-joy masalalari tashkil etdi.
– Bugungi sayyor qabul joylarda xotin-qizlar qoʻmitasi, mahalla faollari tomonidan aholi muammolarini oʻrganish masalasi keyingi paytda oʻz holiga tashlab qoʻyilganini koʻrsatdi, – dedi E.Turdimov. – Chunki aksariyat xotin-qizlar maishiy va oilaviy muammolar boʻyicha murojaat qilishdi. Axir bunday muammolarni mahallaning oʻzida hal etsa boʻlardi. Shuningdek, tumanda gaz va elektr energiyasi yetkazib berishda ham muammolar koʻp ekan. Albatta, hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi va uning natijalarini bir hafta ichida muhokama qilamiz.
E.Turdimov qabuldan soʻng Samarqandga qaytishga shoshilmadi. Quvondiq va Yobu mahallalarida boʻlib, aholining turmush tarzi bilan tanishdi, ular bilan suhbatlashdi.
Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlardan kelib chiqib, Quvondiq mahallasidagi 5 kilometr yoʻlni joriy yil Navroʻz bayramigacha, Yobudagi 3 kilometr yoʻlni esa 1-maygacha asfalt qilish, hududlarni obodonlashtirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |