Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda 5 nafar mahkum jazodan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi tomonidan Toshloq tumani So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida “Aholi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish choralarini ko‘rish” yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralarni ko‘rish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda tumandagi 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

 

O‘tkazilgan sayyor qabulda sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarning o‘talmagan jazolaridan ozod qilish masalasi yuzasidan 6 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.

 

Shulardan 5 nafar fuqaro: 1994 yilda tug‘ilgan Obidjonov Shoxdiyor Xolmatjon o‘g‘li, 1994 yilda tug‘ilgan Hoshimov Abdumajid Abdumutalib o‘g‘li, 1982 yilda tug‘ilgan Madaliev Abdulaziz G‘anijonovich, 1986 yilda tug‘ilgan Hakimov Xasanboy Xolmatovich va 1988 yilda tug‘ilgan Xolbekov Is’hoqjon Usmonovichlarning murojaatlari o‘rganib chiqilib, qanoatlantirildi.

 

Yuqorida nomi keltirilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmagan jazolaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro Oshiqov Mo‘minjon G‘iyosovichning o‘talmagan jazosidan muddatidan ilgari ozod qilish yuzasidagi murojaati bo‘yicha sudyalar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, uning murojaati nazoratga olindi.

29.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar