2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident: Xalq ishonchini har birimiz oʻz joyimizda amaliy ishlar bilan oqlashimiz kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament va deputat soʻrovining taʼsirchanligini oshirish zarurligini taʼkidladi.

- Afsuski, ayrim hollarda deputat soʻroviga rahbarning oʻzi emas, balki uning oʻrinbosari, hatto boshqarma boshliqlari javob qaytarmoqda. Oʻzingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obroʻsi? Parlamentga va deputatga boʻlgan hurmat shumi? Bunday salbiy holatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Prezident parlament va deputat soʻroviga vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining shaxsan oʻzlari javob berishi shartligini qonunda belgilashni taklif qildi.

 

Saylovchi va deputatning oʻzaro munosabatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, internet tarmogʻi orqali parlament va deputat soʻrovini shakllantirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish darkorligi taʼkidlandi.

 

– Xalq bilan muloqot tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, deputatlarni oʻz saylovchilari bilan bogʻlash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish lozim. Toki ana shu tizim orqali saylovchi deputatning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish va ular boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega boʻlsin. Yaʼni, deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin. Ana shundagina fuqaro va parlament oʻrtasida xalqimiz bizdan kutayotgan haqiqiy koʻprik paydo boʻladi, – dedi davlatimiz rahbari.

 

“Mening fikrim” veb-portali ishini takomillashtirish, unga tushayotgan murojaatlarni televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

 

Prezident deputatlar oʻzining yurish-turishi, muomala madaniyati, odobi va etikasi bilan barchaga ibrat va namuna boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

 

Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda deputatlarning malakasini doimiy oshirib borish yuzasidan yangicha tizim – deputatlik oʻquvlarini joriy etishni taklif qildi.

 

Davlatimiz rahbari oʻz nutqining yakunida xalq ishonchi haqida gapirdi.

 

– Ana shunday ishonch, hurmat va eʼtiborga munosib boʻlish – bu juda katta baxt. Bagʻrikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning ana shu ishonchini har birimiz oʻz joyimizda amaliy ishlar bilan oqlashimiz kerak. Bu bizning nafaqat fuqarolik, balki eng avvalo, ona Vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisida kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqilib, ular boʻyicha palataning tegishli qarorlari qabul qilindi.

20.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar