Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ko‘p qavatli zamonaviy uy-joy kalitlari xonadon egalariga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman sektor rahbarlari, yangi xonadon egalari va ularning yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
“Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan 96 ta xonadondan iborat 4 ta 4 qavatli turar-joy binosida yashash uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj hamda yosh oilalarga berilgan mazkur uylarning qurilish-ta’mirlash ishlariga 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.
"Saksonota" mahallasida joylashgan “Saksonota” qishloq vrachlik punkti ham kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur QVP binosi 1967 yilda qurilgan bo‘lib, bu yerga davo istab keluvchilar uchun yetarli sharoit mavjud emas edi. Shu bois bino tegishli dasturga kiritilib, u yerda 2,1 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ayni paytda 30 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritayotgan ushbu muassasada qishloq aholisi uchun barcha zarur tibbiy hamda zamonaviy sharoit yaratildi. Jumladan, muassasada laboratoriya, elektrokardiografiya va ultratovush tekshiruvlari, stomatologiya va emlash uchun maxsus xonalar tashkil etildi.
“Saksonota” qishloq vrachlik punkti 10 ming 600 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida muassasa tomonidan bir kunda 100 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |