2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namangan viloyati hokimi hudud yoshlariga murojaat bilan chiqdi

Namangan viloyati hokimi X.Bozorov Norin tumanida viloyat yoshlari bilan uchrashdi. Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda joylardagi studiyalar orqali barcha tuman va shahar yoshlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbarining 2019-yilning 27-dekabr kuni poytaxtimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvidan kelib chiqadigan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2020-yilda Namangan viloyatida yoshlar masalasida qilinadigan ishlar haqida so‘z bordi.

 

Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarga murojaat qildi. Murojaatda davlatimiz rahbarining “2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, degan so‘zlariga e’tibor qaratdi. Joriy yilda bu borada nimalarga ko‘proq e’tibor qaratilib, yoshlarni yanada tashabbuskorlik va faollikka chaqirdi.

 

Yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabi doimiy diqqat-e’tibor markazida bo‘ladi. E’tiborga hamohang tarzda yoshlardan muammolarni bartaraf etish uchun ijtimoiy faollik, jonkuyarlik, vatanparvarlik va hamjihatlik kerak bo‘ladi.

 

Uchrashuvda qayd etildiki, 2020-yilda viloyatda 36 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Qishloq va shahar joyda 1 ming 368 ta uy-joy qurib foydalanishga topshiriladi. Shundan 80 tasi viloyat ijtimoiy hayotida faol qatnashib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun ajratiladi. Shuningdek, bunday uylarning 300 tasi xorijda mehnat qilayotgan namanganliklar uchun barpo etiladi.

 

Ta’lim sohasida ham 2020-yilda yoshlar uchun katta ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, xalq ta’limi sohasida bu yil “Zamonaviy maktab” dasturi asosida 2 ming 106 o‘rinli 6 ta yangi maktab quriladi, 4 ming 750 o‘rinli 11 ta maktab rekonstruksiya qilinadi hamda 660 o‘rinli 9 ta maktab mukammal ta’mirlanadi. Bu maqsadlar uchun qariyb 85 milliard so‘m mablag‘ sarf etiladi. Shuningdek, viloyatdagi maktablarda 103 ta yangi kompyuter sinfi tashkil etiladi.

 

Viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yoshlar uchun yangi yo‘nalishlar ochiladi. Xususan, Namangan davlat universitetida 5 ta, Namangan muhandislik-qurilish institutida 15 ta, Namangan muhandislik-texnologiya institutida 6 bakalavrlik va 4 magistratura yo‘nalishi ochiladi. Namangan davlat universitetida koreys tili yo‘nalishida oliy ta’lim olish imkoniyati ochiladi.

 

Shuningdek, viloyatda yoshlar uchun sport infratuzilmalarini yaxshilash, sport jihozlari bilan ta’minlashga katta mablag‘ yo‘naltiriladi. Barcha umumta’lim maktablari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yangi sport inventarlari bilan to‘la ta’minlanadi.

 

Tadbirda viloyat rahbari yoshlarni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab yangi tashabbuslarni ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yildan boshlab viloyatda hayotga tatbiq etiladigan yoshlar masalalariga oid yangi dasturni e’lon qildi.

 

Dasturga ko‘ra, viloyat hokimi boshchiligida yoshlar masalalari, muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi va barcha tumanlarda yoshlar bilan bog‘liq holatni hamda mavjud muammolarni to‘liq o‘rganib chiqiladi.

 

Viloyat yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, takliflar hamda muammolarni yuborishlari uchun viloyat hokimligi qoshida “Yoshlar murojaati” veb-sayti tashkil etiladi. Shuningdek, ma’lumotlar, takliflar va muammolarni tezkor tarzda qabul qilish uchun viloyat hokimligida “call center” yo‘lga qo‘yiladi.

 

Viloyatda talab yuqori bo‘lgan va mutaxassislar yetishmayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha respublika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 100 nafar talabaning kontrakti mahalliy budjet hisobidan hamda chet elda aniq fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan 10 nafar iqtidorli talabaning kontraktlari hokimlik zaxirasidan to‘lab beriladi. Bunday imtiyoz taqdim etilgan yoshlar bilan o‘qishni tamomlagach, o‘z sohasida 5 yil viloyat hududida ishlab berish yuzasidan shartnoma imzolanadi.

 

Yoshlarning malakali kasb egallashlari uchun Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlari bilan hamkorlikda kasb-hunar va zamonaviy til o‘rgatish markazlarini tashkil etiladi.

 

Har bir tumanda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yangi sport majmualari tashkil etiladi.

 

Viloyat televideniesida haftada bir marta 2 soatlik “Yoshlar soati” dasturi tayyorlanib, ko‘rsatuvning bir soati viloyatda yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardagi mavjud muammolarga bag‘ishlanadi va ikkinchi yarmida viloyat va shahar tuman hokimlari hamda mas’ul rahbarlar bilan ochiq muloqot bo‘ladi.

 

Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” qoshida zamonaviy apparaturalar bilan jihozlangan “Yoshlar media markazi”tashkil etiladi.

 

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini munosib taqdirlash yo‘lga qo‘yiladi. Tan olingan xalqaro olimpiadalarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritganlarga “Nexia-3”, 2-o‘rin egalariga “Spark”, 3-o‘rin sohiblariga “Damas” avtomobili bilan taqdirlanadi.

 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbekiston tarixi” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi. G‘olib o‘quvchilar O‘zbekiston qadimiy shaharlari bo‘ylab barcha xarajatlari to‘liq qoplangan bepul sayohat rag‘batlantirilib, har yili 10 nafar eng faol yoshlar “Artek” xalqaro dam olish maskaniga bepul dam oldiriladi.

 

Viloyatda salohiyatli hamda zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni ko‘paytirish hamda xorijiy mutaxassislarni zamonaviy korxonalarga katta maosh evaziga jalb etishni kamaytirish maqsadida yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlari uchun kerakli yo‘nalishlarda 1 nafardan yoshlarni aniq fanlar yo‘nalishida o‘qitish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan chet elga yuborishlari bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

 

Har yili viloyat yoshlari o‘rtasida an’anaviy musiqaning maqom, opera, estrada qo‘shiqchilik yo‘nalishlarida “Afsona music” yosh talantlar ochiq ko‘rik-tanlovi o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi 2 ming 400 kishilik amfiteatr ushbu tanlovning o‘tkazish o‘rni sifatida belgilanadi.

 

Har bir viloyat tashkiloti va boshqarmasi o‘z hajmidan kelib chiqib, viloyat va tumanlar kesimida yosh rahbar yoki rahbar o‘rinbosarlarini tayinlaydi. Namangan viloyati bo‘yicha 100 nafar yoshlar rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Tayinlangan rahbar yoshlarning tajribasini oshirish maqsadida, viloyat hokimi bilan tumanlar hududida aholi muammolarini birgalikda o‘rganish tashkil etiladi.

 

Viloyat yosh olimlari hamda iqtidorli talabalarini birlashtirgan “Yangi g‘oya” ilmiy platformasi tashkil qilinib, har bir oliygohda viloyat hokimining vakili tayinlanadi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari saralanib, har chorakda viloyat hokimiga taqdim etib boriladi.

 

Namanganda “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizayn” oliy maktabi tashkil etiladi. “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsiyalar” deb nomlangan katta ko‘rgazma o‘tkaziladi. Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsion yechimlarga ega loyihalar uchun viloyat hokimining tanlovi e’lon qilinadi, g‘olib bo‘lgan loyihalarni amaliyotda qo‘llash uchun muallifdan sotib olinadi.

 

Chet elda o‘qib, ishlayotgan namanganlik yoshlar ishtirokida “Xorijdagi namanganliklar” klubi tashkil etiladi. Bunda ijtimoiy tarmoqda juda ommalashgan “Namanganliklar” kanali qoshida maxsus bo‘lim tashkil etiladi.

 

Muxtasar aytganda, 2020-yil Namangan yoshlari uchun ulkan yangiliklar yili bo‘ladi.

08.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar