Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Erkinjon Turdimov nodir shaxsiy kutubxonaga ega tarixchi olimning xonadoniga bordi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov taniqli tarixchi olim, Mahdumi Aʼzam Dahbediy ilmiy-tadqiqot fondi rahbari Komilxon Kattayevning xonadoniga borib, olim va uning oila aʼzolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

– Biz sizning yurtimiz tarixini oʻrganish, zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, ayniqsa, Dahbediylar maʼnaviy merosini tadqiq etish borasidagi ishlaringizni yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz, – dedi E.Turdimov. – Eng nodir kitoblar jamlangan boy shaxsiy kutubxonangiz ziyosidan xalqimizni bahramand etish borasidagi ishlaringiz ham eʼtirofga loyiq. Biz bu kutubxonani asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga ham bezavol yetkazishingiz uchun sizni qoʻllab-quvvatlashga va yordam yordam berishga tayyormiz. Komilxon Kattayev viloyat hokimiga shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan 200 dan ortiq nodir kitoblarni koʻrsatdi. Qadimiy Samarqand qogʻozida bitilgan 500-800-yillik tarixga ega Xoʻja Ahrori Valiy maqomati, Movarounnahrdan yetishib chiqqan allomalar, Muqimxon tarixi, Ahmad Yassaviy tariqati haqidagi va boshqa kitoblar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Viloyat hokimi ushbu kitoblarning tarjimalari bor-yoʻqligi bilan qiziqdi hamda ularni keng tadqiq etish uchun olim va uning safdoshlariga sharoit, imkoniyat yaratib berishga tayyorligini bildirdi. Tarixchi olim viloyat hokimiga minnatdorlik bildirib, oʻz kitoblaridan tuhfa qildi.

28.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar