
Yangi yil bayrami arafasida Toyloq tumani Charog‘bon mahallasida 96 xonadondan iborat 4 ta to‘rt qavatli uy foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha tumanning 2019 yil manzilli dasturida 126 ta uy-joy bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 96 ta xonadon 2 va 3 xonali turar-joylar bo‘lib, ular tumandagi kam ta’minlangan oilalar, nogiron, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan ayollarga imtiyozli shartlar asosida berildi.
Yangi uylarni o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan marosimda Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari G.Alimova va R.Qobilov mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, ularning turmush sharoitini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralayotgani e’tirof etildi. Xonadon sohiblariga uy kalitlari va sertifikatlar tantanali topshirildi.
– Ikki nafar farzandim bor, – deydi yangi uy egalaridan biri Gulnoza Tursunova. – O‘g‘lim tug‘ma nogiron. Shu sababli turmushimdan ajrashganman. O‘n bir yildan buyon onamning uyida yashar edim. Shuncha yildan beri farzandlarim bilan kichik bo‘lsa ham o‘z uyimiz bo‘lishini, hech kimga, yaqinlarimizga ham og‘irimiz tushmay yashashni orzu qilardik. Insonni o‘z uyi bo‘lishi qanchalik baxt ekanligini bilasizmi. Allohga shukr, Prezidentimizning g‘amxo‘rliklari, e’tibori tufayli orzuimizga etdik.
Yangi uyga ko‘chib o‘tgan 20 nafar og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarga uylarning boshlang‘ich to‘lovlari xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi fond tomonidan to‘lab berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |