2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Samarqanddagi sayyor qabulida 44 murojaat ko‘rib chiqildi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazilib, unda jami 44 nafar jismoniy va yuridik shaxsning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.

Qayd etilgan murojaatlarning 11 tasi sud masalalari, 8 tasi prokuratura, 6 tasi ichki ishlar ish yurituvi hamda 19 tasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida qanoatlantirildi.

Shuningdek, bosh prokuror Samarqand shahridagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, aholining turmush tarzi bilan tanishib chiqdi.

Shaharning “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan fuqaro R.Mamayev va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi D.Borunkin xonadonlariga borilib, ularning turmush tarzi va oilaviy ahvolidan xabar olindi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Shuningdek, Nig‘matilla Yo‘ldoshev Samarqand shahar 61-sonli eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning sharoitlari bilan tanishdi.

Bosh prokurorning safari doirasida Pastdarg‘om tumanidagi “Mirzatup” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1,05 kilometr masofadagi tuproq yo‘lga shag‘al yotqizilishi, ko‘cha bo‘ylab 12 ta elektr simyog‘ochlari o‘rnatilib, kabellashtirilishi ta’minlandi.

Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta’minlanadi.

22.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar