Bosh prokuror o‘rinbosari Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi
Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ommaviy sayyor qabullar hamda videokonferentsaloqa orqali qabullar o‘tkazib, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o‘zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 16-18 dekabrь kunlari Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev tomonidan Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazilib, jami 184 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi (murojaatlarning 40 tasi sud masalalari, 26 tasi prokuratura va 31 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 87 tasi boshqa masalalarga oid).
Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta’minlanadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |