
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov aholi bilan uchrashdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda 52 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Murojaatchilar bildirgan muammolarning 12 tasi joyida o‘z yechimini topdi, 7 tasiga huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 33 tasi kelgusida qonuniy hal etish uchun ichki ishlar vazirligi ro‘yxatiga olindi.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash guvohnomalar hamda 4 nafar fuqarolarga ijtimoiy jihatdan kam ta’minlanganligini inobatga olib, imtiyozli ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari berildi.
Po‘lat Bobojonov Samarqandga tashrifi davomida Past Darg‘om tumani ichki ishlar bo‘limiga qarashli 17 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga, ya’ni 77815 aholiga xizmat qiluvchi 20-sonli ichki ishlar bo‘linmasining yangidan ta’mirlangan binosi bilan tanishdi. Qolaversa, bo‘linma hududidagi Balxiyon mahallasida bo‘lib, bu yerda istiqomat qiluvchi xalq bilan dildan suhbatlashdi. O‘sha kuni mahallaning ta’mirtalab bo‘lgan 3 kilometr yo‘liga shag‘al yotqizildi.
Vazir viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Sumbula” maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlarni o‘rgandi. Yangidan qurilishi mo‘ljallanayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va sihatgoh loyihasi bilan tanishib, muassasaga maishiy uskuna hamda bolalar o‘yinchoqlari jamlanmasi topshirdi.
Shuningdek, P.Bobojonov viloyat ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida pasport olish uchun kelgan fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Boshqarmaning tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining yangi binosida bunyod etilgan o‘quv xonalar, yotoqxona, sport zal, elektron kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarga tavsiya va maslahatlar berdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |