2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolari hal boʻlgan fuqarolardan 20 nafari Prezidentga rahmatnoma yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi 13-14-dekabr kunlari Jizzax viloyatida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan xalq bilan muloqotning taʼsirchan va samarali usullari keng yoʻlga qoʻyilgani aholi turmush farovonligini yanada oshirish, ular uchun barcha sohada zarur qulayliklar yaratishga qaratilgan ezgu maqsadga xizmat qilayotir. Ayniqsa joylarda tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar vakillari aholi bilan bevosita muloqotda boʻlib, odamlarni qiynayotgan muammolar hal etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining masʼul xodimlari, Respublika Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr”, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitalari, Markaziy bank, “Hududgaztaʼminot” va “Hududelektr tarmoq” aksiyadorlik jamiyatlari, Temir yoʻl yonilgʻi taʼminot boshqarmasi, Jizzax viloyati hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan ikki kun davomida oʻtkazilgan ommaviy qabullarda viloyatning barcha tumanlari toʻliq qamrab olindi. 

 

20191213114734_IMG_9081.JPG


Ikki kunda 1 ming 246 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Ularning 266 tasi Prezident administratsiyasiga, 170 tasi prokuraturaga, 88 tasi Ichki ishlar vazirligiga, 63 tasi Oliy sudga, qolganlari boshqa vazirlik va qoʻmitalarga tegishli boʻldi.

Murojaatlarning 434 tasi joyida hal etildi. 242 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 530 tasi koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi. 

 

20191213114022_IMG_9077.JPG


– Oʻz uyim yoʻqligidan bolalarim bilan necha yildan buyon qiynalib kelayotganim tufayli tumanimizda oʻtkazilgan sayyor qabulda Prezident maslahatchisiga murojaat qildim, – deydi Zomin tuman “Xalqobod” qishloq fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Hayitgul Otmisheva. – Ular tuman rahbarlariga yangi qurilayotgan uylardan birini menga ajratish boʻyicha topshiriq berdi. Boshlangʻich toʻlovi toʻlab beriladigan boʻldi. Davlatimizning bu yaxshiligini umrbod yoddan chiqarmayman. Joylarda odamlarning ehtiyojlarini oʻrganib, ularni hal etishni yoʻlga qoʻygan Prezidentimizga mingdan ming rahmat.

Tumanning shu mahallasida yashovchi yana bir fuqaro Matluba Saribovaning ham Prezident administratsiyasiga sayyor qabul davomida turmush oʻrtogʻini ishga joylashtirish boʻyicha qilgan murojaati shu joyning oʻzida hal etildi. Uning turmush oʻrtogʻi Ilhom Norqulov ishga joylashtirildi. 

 

20191213122515_IMG_9096.JPG


Ommaviy qabulda oliy sudga qilingan 192 ta murojaatdan 49 tasi joyida hal etildi. Jumladan, Sh. Rashidov tumanida yashovchi Berkin Ochilov sayyor qabulga oʻtilmay qolgan axloq tuzatish ishini shartli ozodlikdan marhum qilishga almashtirish boʻyicha qilgan murojaati Oliy sud tomonidan joyida hal boʻldi.

Sayyor qabul davomida oʻzlarining huquqiy masalalardagi murojaatlari ijobiy yechimini topgan fuqarolarning 20 nafari sud huquq tizimini isloh qilishda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, fuqarolarning qonuniy huquqlarini muhofaza qilishga berayotgan katta eʼtibori va odamlarga yengillik yaratishni koʻzlab sayyor qabullarni yoʻlga qoʻygani uchun shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yozma rahmatnoma yoʻllashdi.

 

20191213113206_IMG_9075.JPG


Odamlar faqat oʻzlarining shaxsiy masalalari bilangina sayyor qabulga kelmaydi. Birovning qishloq nomidan buzilgan koʻprikni taʼmirlashda, yana birovning qishlogʻi uchun maktabgacha taʼlim qurishda, boshqa birovning maktabda sinf xonalar yetishmasligini hal etish boʻyicha yordam soʻrab qilgan murojaatlari ham shu yerning oʻzida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechimini topdi.


– Qishlogʻimizdagi 410 oʻrinli 27-umumtaʼlim maktabida 700 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olayotir, – deydi Gʻallaorol tumanidagi 1-Qangli qishlogʻi oqsoqoli Elmirza Turonov. – Sayyor qabulda shu masalada xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari murojaat qildim. 2020-yil uchun maktab qurilishi davlat dasturi tasdiqlanib qoʻyilganligini, lekin 2021-yil dasturiga albatta kiritilishini aytdi. Bu ham yaxshi yechim. Javobdan qoniqdik. 

 

20191213112515_IMG_9064.JPG


Sayyor ommaviy qabulga moddiy yordam, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, obodonlashtirish va yoʻllarni taʼmirlash, gaz, elektr, koʻmir taʼminoti boʻyicha odamlarni qiynayotgan joyida koʻplab koʻrib chiqib hal etilgani odamlarda davlatimizning siyosatiga, islohotlarning istiqboliga ishonch oʻygʻotdi. Bunda ayniqsa qishki isitish mavsumi bilan bogʻliq koʻplab muammolarning ijobiy yechimi murojaat etuvchilarni mamnun qildi.

Jumladan, sayyor qabul davomida ijtimoiy soha muassasalarini isitish uchun 18 ming 739 tonna, aholi uchun 12 ming tonna koʻmir yetkazib berish masalasi hal etildi. 13-dekabr kuni Gʻallaorol va Doʻstlik tumanlarida oʻtkazilayotgan sayyor qabullar davomida 32 vagon, jami 2 ming 208 tonna koʻmir yetkazib kelindi. 

 

20191213111549_IMG_9043.JPG


Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi. Shu masʼuliyatdan kelib chiqilib, viloyatning barcha tumanida oʻtkazilgan sayyor qabullarda har bir murojaat qiluvchining muammosi oʻz vaqtida va oqilona yechim topishiga harakat qilindi. Har bir murojaatga eʼtibor odamlarni bugungi kundan rozi qilib, ertangi kunga umid bilan qarashlariga sabab boʻlayotir.

Prezidentimiz tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qoʻyilayotganida chuqur maʼno va xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida yaqqol aks etdi.

16.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar