Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabullarda odamlar bilan shunchaki uchrashilmayapti

Turli sohalarda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga barham berishda aholi bilan bevosita muloqot va uchrashuvlar muhim o‘rin tutadi.

Ayniqsa, mutasaddi rahbarlarning xalq bilan hamnafas bo‘lishi, ularning dardini tinglashi uzoq yillardan buyon o‘z yechimini kutayotgan masalalarning yechilishiga yo‘l ochadi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shodiyor Ahmedov Jomboy tumanining Nazar, Dehqonobod, Qoramo‘yin, Toyloq tumanining Sochak, Oqdaryo tumanining Uchtepa, Istiqlol, Miyonqol, Bulung‘ur tumanining Beshkuvi va Xo‘jabachcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Sayyor qabullarda fuqarolardan yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, ichimlik suvi va suyultirilgan gaz ballonlari ta’minoti, elektr simyog‘ochlari va transformatorlarni almashtirish hamda boshqa bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Ta’kidlash joizki, ayrim masalalar joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Mazkur tadbirlar faqat uchrashuvlardangina iborat bo‘lib qolmasdan, hududlardagi kam ta’minlangan, nogironligi bor, imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlariga ham tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi. Yurtdoshlarimiz bilan dildan suhbat qurilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘a-salomlar ulashildi.

14.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar