
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘tgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo‘lib, binolarni qurish va ta’mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Davlatimiz rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu erga yana kelib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruktsiya qilinib, kapital ta’mirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari o‘rnatilgan.
Bu yo‘nalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.
Mazkur yangi klinikani respublikamizning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang‘ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |