Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligi Sh.Baxronov Qiziltepa tumanining olis Konsurun mahalla aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatlari markazi vakillaridan iborat mutasaddilar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholidan jami 23 ta ta murojaat tushdi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joyni rasmiylashtirish, meros, notariat sohasiga oid bo‘lib, ularning 16 tasi joyida hal etildi, 4tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 3 ta murojaat yuzasidan esa sohalar kesimida ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Sayyor qabul so‘ngida, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronov jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan ishchi o‘rinlarini ko‘paytirishda duch kelayotgan muammolar yuzasidan viloyat adliya boshqarmasining ishonch telefoniga murojaat qilishlarini so‘radi. Bunday murojaatlar borasida viloyat adliya boshqarmasi doimo hamkorlikka tayyorligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, “Adliya saylovga chorlaydi” targ‘ibot loyihasi doirasida aholining saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Qolaversa, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 11 ta notariat xizmat ko‘rsatildi. Mahallada istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga moddiy yordam ham ko‘rsatilib, jismoniy imkoniyati cheklangan 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, barcha sohalar qatori huquqiy islohotlar jarayonida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur sayyor qabul Konsurun mahallasida yashayotgan aholining huquqiy madaniyatini oshirishga ham xizmat qildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |