2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda Oliy sud raisi sayyor qabul oʻtkazdi

Andijon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov sayyor qabul oʻtkazdi. Unda 145 nafar fuqaro turli masalalar yuzasida murojaat qildi.

Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ishi yurituvining sifatini, aholining sud idoralari bilan bogʻliq muammolarini hal etilishiga koʻmaklashish, fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirish maqsadida Oliy sud raisi, sudyalari, viloyat jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlari raislari ishtirokida tashkil etilayotgan sayyor qabullar oʻz samarasini berayotir.

Qabul davomida qilingan murojaatlarning koʻp qismini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qarorlaridan norozi boʻlish, belgilangan jazolarni yengillashtirish, uy-joy, meros masalalari tashkil etdi. Jumladan, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar, Asaka, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Izboskan tuman sudlari qarori bilan turli muddatlarga ozodlikdan marhum etilgan 39 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod etildi, 8 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan ozod etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlandi.

 

Qabul doirasida viloyatdagi Maʼmuriy sudlar tomonidan 16 nafar shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar sayyor sud majlisida koʻrildi. Murojaatlar ijobiy qanoatlantirilib, maʼmuriy ish yurituvidan toʻxtatildi.

 

– Joriy yil fevral oyi uchun ijtimoiy toʻlovlar va daromad soligʻi boʻyicha hisobotlarni oʻz vaqtida topshirmaganligim uchun menga nisbatan tuman maʼmuriy sudi tomonidan maʼmuriy-huquqbuzarlik boʻyicha bayonnoma tuzilgan edi, – deydi Oltinkoʻl tumanidagi “Navoiy” agrofirmasi rahbari Jasurbek Yoqubov. – Yoʻl qoʻyilgan xatoni bartaraf etgan boʻlsam-da, koʻrib chiqish muddati kelmaganligi sababli menga nisbatan tuzilgan maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yurituvi tugatilmayotgan edi. Murojaatimdan soʻng ushbu masala ijobiy hal etildi.

 

Umuman, sayyor qabul davomida 20 ta murojaat boʻyicha ishlar tegishli sudlov hayʼatlariga koʻrib chiqish uchun yuborildi, 20 ta ariza Oliy sud tomonidan nazorat tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Umuman, murojaatlarning 58 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 87 ta murojaat boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish, tavsiya va maslahatlar berildi.

02.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar