Andijon shahridagi Qo‘shariq mahallasida yangi barpo etilgan 168 xonadondan iborat etti qavatli 4 ta uy foydalanishga topshirildi.
Yangi uylarning topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholi vakillarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda yangi barpo etilayotgan uylar, umuman, Andijon shahrini ko‘kalamzorlashtirish, saranjom-sarishta va tozaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlarining samarali mehnatlari alohida e’tirof etildi.
Umumiy loyiha qiymati 11 milliard so‘m bo‘lgan yangi uylar qurilishi Andijon shahridagi “Xoqon avto invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi. Zamonaviy ko‘rinishda barpo etilib, foydalanishga topshirilgan ushbu ko‘p qavatli uylar bir guruh andijonliklarning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
– Avval Ko‘makay mahallasidagi bir hovlida uch kelin yashar edik, – deydi yangi uy sohibasi Nodiraxon Abdullaeva. – Yosh oilamiz, ikki nafar farzandimiz bor. Bir necha yildan buyon harakat qilsak-da, yangi uy sotib olishga imkon topolmayotgan edik. Bunday ko‘p qavatli arzon uylar barpo etilayotganligi muammolarimizni hal etishga yordam berdi. Ana shunday uylarning biridan kredit evaziga, barcha qulayliklarga ega ikki xonali xonadon olishga muyassar bo‘ldik.
Darhaqiqat, ikki va uch xonali xonadonlardan iborat ushbu uylarda barcha qulayliklar yaratilgan, har bir uy alohida isitish tizimiga ega. Uylar oldida bolalar uchun jihozlangan o‘yin maydonchalari, savdo do‘koni, go‘zallik saloni va avtoturargoh barpo etilgan.
Aholi uchun yaratib berilayotgan bu kabi keng imkoniyatlar, inson manfaatlarining ulug‘lanishiga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.
Yangi uylarni tantanali topshirish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov so‘zga chiqdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |