2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navbatdagi sayyor qabul Yashnobod tumanida bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB rahbariyati xalq bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘rganish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Djuraev R. Yashnobod tumanida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektorga qarashli “Jo‘rabek” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi yigirmadan ortiq fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator masalalar yuzasidan yordam so‘rab murojaat qildi.

Qabulda avvalo ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qanday muammolar qiynayotganligi to‘g‘risida so‘radi. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi bir guruh ayollar hududga qarashli oilaviy poliklinakaga borish uchun transport masalasida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligini aytib, yordam so‘rashdi hamda “Ma’rifat” mahallasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Meleev Yu.ning hozirda yashab turgan uyi “avariyaviy” holatda ekanligi sababli ko‘mak so‘radi.

Ushbu holatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilot vakillariga kerakli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qabul chog‘ida aholi tomonidan asosan uy-joyga muhtojlik, suv ta’minoti quvurlari, uylarning tom qismlari ta’mirtalabligi hamda oila a’zosiga nogironlik aravachasi zarurligi, xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish va fuqaro Nurboboeva Sh.ning bir yarim yoshli farzandi bilan muayyan yashash joyiga ega emasligi kabi masalalarda murojaat qilindi. Qabulda poytaxt IIBB xizmatlari, tuman hokimligi va hududiy tibbiyot birlashmasi, tuman maktabgacha muassasalar bo‘limi, kommunal xizmatlar vakillari ham ishtirok etganligi sababli aksariyat murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, hal etilishi nazoratga olindi.

Shu bilan birga ayrim fuqarolar tomonidan bildirilgan mahalla hududidan o‘tgan yo‘llar asfalьt bilan qoplanmaganligi sababli yog‘ingarchilik mavsumida noqulayliklar vujudga kelayotganligi, ko‘chalarga o‘rnatilgan simyog‘ochlarning nosoz holda ekanligi va ko‘chaning yorituvchi tizimini ta’mirlash lozimligi masalalarni hal etishni qabulda ishtirok etgan mutasaddi tashkilotlar vakillari o‘z zimmasiga oldi.      

Fuqarolar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot so‘nggida, 95 yoshni qarshilash arafasida turgan Palvanov X.ning holidan xabar olinib, kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari berildi hamda sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha  tibbiyot xodimlari tomonidan nazorat yanada kuchaytirildi va shu bilan birga, tumanda yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan 7-son IIB binosi faoliyati bilan ham tanishib chiqildi.

Shundan so‘ng, tumanda joylashgan 52-sonli alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga kirib, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. E’tiborli jihati shundaki, 36 yildan beri o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan Hamralieva Ra’no Xaydarovna ushbu ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan jami 195 nafar  bolalarga nafaqat ta’lim berish balki kelgusida ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ham faxr bilan gapirib, maktabda oshpazlik, duradgorlik, kashtachilik, tikuvchilik va boshqa hunarlarni o‘rgatish muntazam yo‘lga qo‘yilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘quv dargohiga bo‘lgan tashrif so‘ngida nogironlik aravachasiga ehtiyoji bo‘lgan ikki nafar bolalarga nogironlik aravachalari topshirildi, shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyishi barchaning ko‘tarinki kayfiyatiga sabab bo‘ldi.

12.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar