Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul o‘tkazdi

Uyshin madaniyat markazida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 1-sektor rahbari Qahrmon Sariev, tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, tumandagi sektorlar rahbarlari, muassasa, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va farovonligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rilmoqda. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar esa aholining davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Uyshin ovulida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolarning arzi tinglandi, o‘z echimini kutayotgan masalalarni hal qilishga amaliy ko‘mak berildi. Ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar mas’ul  tashkilotlar mutasaddilari ko‘magida  echimini topdi.

Murojaatlarning aksariyati ovul hududidagi ta’lim maskanlarini ta’mirlash, transport infratuzilmasini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, mahalliy va ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish kabi masalalarda bo‘ldi.

Qangli ovuli hududidagi 44-sonli maktab binosini ta’mirlash, 75-sonli umumta’lim maktabiga sport zali qurish, 47-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish, 39-sonli maktab binosini ta’mirlash va maktabga sport zali qurish, mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi bino qurish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududdagi yo‘llarni ta’mirlash va tuman markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi murojaatlar mutasaddilar tomonidan tinglanib, ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

11.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar