Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Xorazm viloyati sektor rahbarlari tomonidan shahar va tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Xorazm viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan navbatdagi sayyor qabullar Qo‘shko‘pir tumani aholisi uchun 2019 yilning 18 noyabrь kuni tumandagi “Oshaq qal’a” va “Adolat” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning o‘ttizdan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlar asosan, aholi yashash hududlarini ijtimoiy infratuzilmasini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordamlar berilishi, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek fuqaroviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabulda fuqarolar tomonidan berilgan ariza, taklif va shikoyatlarini imkon qadar qisqa muddatlarda qonuniy hal qilishga alohida e’tibor qaratdi.
Asosiysi, qabul jarayonida murojaat etgan ikki nafar fuqaroga nogironlik aravachalari, ijtimoiy himoyaga muxtoj uchta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shuningdek sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlik bo‘yicha tushuntirishlar ham berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |