Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida fuqarolarni muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Mazkur sayyor qabullar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va bir guruh sudyalar ham sud-huquq masalalaridagi murojaatlarni ko‘rib chiqmoqda.
Xususan, Quva va Qo‘shtepa tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 177 nafar fuqarolar bevosita sudyalar tomonidan qabul qilinib, shundan 85 nafarining murojaati qabulning o‘zida ijobiy hal qilindi. 62 nafar shaxslarga tayinlangan jinoiy jazolardan muddatidan avval ozod qilindi va jazo tayinlashda engilliklar berildi. 11 nafar shaxslarga tayinlangan ma’muriy jazolardan muddatidan avval ozod qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasiga asosan tugatildi. Fuqarolik sudlari tomonidan 3 nafar shaxsning murojaati ijobiy hal qilinib, 5 nafar shaxslar qabul jarayonida yarashtirib qo‘yildi. 31 nafar shaxslar Prezidentimiz tomonidan sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun ekanliklarini bildirishib, tashakkurnomalar taqdim etdi.
Jumladan, Yozyovon tumanida yashovchi A.Teshaboev muqaddam O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan edi. A.Teshaboev va uning ish joyidan berilgan iltimosnoma asosida uning ishi sayyor qabul davomida Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, uni mehnatga halol munosabatda bo‘lib, munosib xulqi bilan boshqa shaxslarga o‘rnak bo‘lib kelgani sababli muqaddam tayinlangan jazodan muddatidan avval ozod qilinib, amalda uning iltimosi qanoatlantirildi. Sud tomonidan A.Teshaboevga qonuniy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, qabul davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, unda sudlar tomonidan ozodlikdan cheklash yoki ahloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 12 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyasi O.Arapovlar barcha fuqarolarni shaxsan qabul qilishib, nazorat tartibida berilgan shikoyatlarni ham qabul qildilar.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |