
Odamlar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning dardini eshitish, og‘irini engil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Sherobod tumani, Qorabog‘ qishlog‘i, “Maydon” mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida ham bu yaqqol o‘z ifodasini topdi.
Viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar, idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda “Maydon” va uning atrofida joylashgan mahallalar aholisining asosan kommunal soha, yo‘l qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimiga aloqador bu murojaatlari diqqat bilan tinglanib, masalaga daxldor boshqarmalar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabul yakunida ko‘tarilgan muammolari echimini topgan juda ko‘p yurtdoshlarimizning yuz-ko‘zi chaqnab, ko‘tarinki kayfiyatda chiqayotganini ko‘rib mamnunlik his etdik.
– Qishlog‘imizning ichki yo‘llari turli yog‘ingarchilik va sellar tufayli nosoz ahvolga kelib, yillar davomida odamlarimizga katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Qolaversa, bu erda joylashgan 34-umumta’lim maktabimizda kompyuter texnikasi, sport anjomlari, musiqa asboblari etishmasligidan qiynalib kelayapmiz – deydi maktab o‘qituvchisi Azamat Otamurodov. – Viloyatimiz hokimi bu muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish to‘g‘risida mutasaddilarga topshiriq berib, qilingan ishlarni shaxsan o‘zlari yana kelib ko‘rishlarini aytdilar. Nihoyat, ko‘p yillik muammoli masalalarimiz ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Shu tariqa, aksariyat murojaatlarda keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga tushunchalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |