2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shuhrat Gʻaniyev Soʻxga nega bordi?

Fargʻona viloyatining anklav hududi – Soʻx tumanida bugungi kunda 76 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Xalq bilan samarali muloqotning yoʻlga qoʻyilganligi natijasida bu yerdagi koʻplab muammolar amaliy hal etilyapti.

Ilgarilari oziq-ovqat, yoqilgʻi, qurilish materiallarini Soʻxga va mazkur tumanda yetishtirilgan qishloq xoʻjalik hamda bogʻdorchilik mahsulotlarini chegaradan olib oʻtishda ham koʻplab qiyinchiliklar bor edi. Avvalo, chegara, bojxona va Qirgʻiziston hududidan oʻtiladigan 50 chaqirimlik yoʻlda uchraydigan “boshogʻriq”lar Soʻxda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish surʼatlariga hamisha salbiy taʼsir koʻrsatib kelgan. Prezidentimizning qoʻshni mamlakatlar bilan yaqin doʻstlik hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi faol saʼy-harakatlaridan soʻxliklar ham behad mamnun boʻlmoqda.

 

Bugun Soʻxda boʻlgan kishi u Oʻzbekistonning barcha islohotlar toʻlaqonli amalga oshirilayotgan hududi ekaniga guvoh boʻladi. Chegara bilan bogʻliq muammolar butunlay hal etildi. Masalan, bugun birgina “Vodil” chegara postidan bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin odam har ikki tomonga bemalol oʻtmoqda.

 

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyevning ish kuni tartibida bir oyda kamida bir marta Soʻxda fuqarolarning sayyor qabulini oʻtkazish, viloyat tashkilotlari rahbarlari bilan birga chekka qishloq va mahallalar aholisi bilan uchrashish rejalashtirilgan. Noyabr oyining ilk kunida viloyat rahbari mazkur tumanda boʻlib, aholi bilan uchrashdi.

 

“Gʻaznov” mahalla fuqarolar yigʻinida 551 ta xonadon boʻlib, ularda 3165 nafar aholi yashaydi. Gʻaznovliklar bilan muloqot biron bir majlislar zalida emas, koʻcha boʻylab ahvol bilan tanishish davomida amalga oshirildi. Viloyat hokimi xonadonlarga kirib, odamlarning turmush sharoiti, gaz, ichimlik suvi, elektr, oziq-ovqat taʼminoti ahvoli bilan qiziqdi. Garchi, mahalla ahli hokimga biron bir muammoli masala qoʻymagan boʻlsa-da, hokim bu yerda koʻrganlaridan xulosa chiqarib, viloyat gaz taʼminoti idorasi rahbariga qishning sovuq kunlari xonadonlarga berilayotgan gaz bosimini koʻtarish, viloyat yoʻl qurilishi idorasi rahbariga esa mahallaning markaziy koʻchasini asfalt qilish haqida topshiriq berdi. “Gʻaznov” mahalla fuqarolar yigʻinida 2016-yildan buyon birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Bu yerdagi odamlarning ahil va qonunga rioya etib yashash tajribasini ommalashtirish tavsiya etildi.

 

Navbatdagi uchrashuv “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi.

 

– 2018-yilda qishlogʻimizga kelganingizda shifoxona yoki poliklinika qurilishi haqidagi masalani koʻtargan edim, – deydi mehnat faxriysi Hamroli Haydarov. – U tez kunlarda qurib bitkazildi va bizning uzogʻimiz yaqin boʻldi. Lekin yana bir iltimosimiz bor. Mahallamizda 200 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar boʻlib, ularga taʼlim muassasasi yoʻq.

 

Viloyat hokimi shu yerning oʻzida bu murojaatni qanoatlantirdi. Kelgusi yilda namunaviy loyiha asosida maktabgacha taʼlim muassasasini qurish boʻyicha aniq topshiriq berildi. Mahalla ahli quvonchini ichiga yashira olmay qoʻlini duoga ochdi. Mazkur mahalladagi uchrashuvda asalarichi tadbirkor, mehnat faxriysi Asalbek Murtozobekov yaqinda qoʻshimcha 2 ming 800 metr ichimlik suvi quvurlari tortilganidan minnatdorligini bildirdi.

 

Yoshi toʻqsonni quvib borgan “Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Sirojiddin Madaminov mana 11 yildirki, bir joyda yotadi. Uning xolidan xabar olish uchun viloyat hokimi Sh. Gʻaniyevning bemor xonadoniga toʻsatdan kirib kelishi Sirojiddin otani hayajonlantirib yubordi. Koʻziga yosh olib, duoga qoʻl ochdi.

 

Sirojiddin Madaminov 62 yil davomida haydovchilik kasbini ulugʻladi. Uni har bir soʻxlik yaxshi taniydi va hurmat qiladi.

 

– Sizga shu bugunoq akkumlyatorli, tugmachalar bilan boshqariladigan aravacha keltirib beriladi. Unda istagan hamqishloqlaringiz, doʻstlaringiz oldiga oʻzingiz borishingiz imkoni boʻladi, – dedi viloyat hokimi otaxonga sihat-salomatlik tilab.

 

Viloyat rahbari sarikandaliklar bilan suhbatlashdi. Ular Prezidentimizga oʻzlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi. Shu yerda 4-maktab oʻquvchilari bilan boʻlgan muloqot chogʻida 9-sinf oʻquvchisi Samandar Erkinjonov sinflarda oʻquvchilar soni belgilangan meʼyorlardan koʻpligini aytib, yangi oʻquv binosi qurib berilishini soʻradi. Bu masala ham mutasaddilarning kichik maslahatlashuvidan soʻng hal boʻldi. Hokim 2020-yil yangi oʻquv yili boshlanadigan kunga qadar 300 oʻquvchi oʻrniga ega zamonaviy oʻquv binosi qurib berishni vaʼda qildi.

 

Qirgʻizistonning Botken viloyati hududiga kirib borgan Soʻxning yana bir chekka qishlogʻi Hushyordir. Uning tabiati oʻziga xos boʻlib, qirlar oraligʻidan Soʻx daryosining irmoqlari boshlanadi. Uchrashuv chogʻida ana shu qirlarda 50 gektar pistazor yaratilishi, har bir xonadonga undan 10 sotixdan ajratib berilishi, koʻchatlar Fargʻonada ekishga tayyorlab qoʻyilgani eʼlon qilindi. Viloyat gaz taʼminoti idorasi rahbari 10-noyabr kuniga qadar qishloqqa tabiiy gaz ulanishini aytdi.

 

13-maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Ravshan Masharipov qishloqda futbol maydoni tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Shu kuniyoq 2 ta mini futbol maydoniga yer ajratish haqida tuman hokimining qarori chiqarildi.

 

Soʻxning taʼlim tojik tilida olib boriladigan 14-maktabidagi uchrashuv ham gʻoyat qiziqarli oʻtdi. Dastlab viloyat rahbari tarix fanidan mashgʻulot oʻtayotgan 9-sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashdi va ularning bilimiga yuqori baho berdi. Eng bilimdon oʻquvchi Moxjabid Xumordinova va boshqa oʻquvchilarga kitoblar jamlanmasi, fan oʻqituvchisiga esa televizor sovgʻa qilindi.

 

Viloyat rahbarining avtomashinasi toʻsatdan peshtoqiga “Qishloq madaniyat uyi” deb yozilgan bino oldida toʻxtadi. U bino ahvoli bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashdi. Xulosa shunday boʻldiki, kelasi yil qishloq madaniyat uyi taʼmirlanadi, uning tarkibida kutubxona va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar ochiladi. “Qizil Qiyoq” qishloq fuqarolar yigʻinida 2018-2019-yillarda birorta oilada ajrim roʻy bermagan. Qishloq aholisi bilan boʻlgan uchrashuvda viloyat rahbari bunday natijani munosib baholadi va 10 million soʻm miqdorida mukofot puli ajratdi.

 

Ha, darvoqe, bugun Soʻxdagi kam taʼminlangan, oilasida bemori va fidoiylik bilan mehnat qilgan faxriylari boʻlgan 2 ming 179 ta xonadonga bepul yuqori navli un tarqatildi.

 

photo_2019-11-02_10-11-53.jpg

 

photo_2019-11-02_10-11-52.jpg

 

photo_2019-11-02_10-11-55.jpg

 

photo_2019-11-02_10-11-57.jpg

 

 

02.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar