2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Eslatib oʻtish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori, oradan bir oy oʻtib, yaʼni 22-noyabrda “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Koʻrinib turibdiki, endilikda qishloqlar ham, shaharlar ham ulkan bunyodkorlik ishlari bilan qamrab olindi. Hamma joyda uylar qurilishi jadal tus oldi.

2016-yilda davlat dasturlari doirasida qishloqlarda 13 mingta turar joy, tadbirkorlar tomonidan 13 ming 189 xonadonli uy qurilgan boʻlib, buning uchun 4 trillion 330 milliard soʻm sarflangan. 2017-yilda esa davlat dasturlari doirasida qariyb 29 mingta, jumladan, qishloqlarda 20,3 mingta, shaharlarda 8,5 mingga yaqin turar joy qad koʻtargan. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan 16 mingdan ziyod xonadonli uy qurilgan. Yaʼni, umumiy hisobda qariyb 45 mingta uy-joy barpo etilib, buning uchun 6,2 trillion soʻm sarflangan.

Oʻtgan yili bunyodkorlik koʻlami yanada kengaydi. Xususan, davlat dasturlari doirasida 42,2 mingta, jumladan, qishloqlarda 25,3 mingta, shaharlarda qariyb 17 ming turar joy, tadbirkorlar tomonidan jami 19,7 ming kvartiradan iborat uylar qurilgan. Yaʼni, qariyb 62 mingta uy-joy barpo etilib, 12 trillion 130 milliard soʻm sarf-xarajat qilingan.

Joriy yilning oʻtgan davrida davlat dasturlari doirasida qariyb 30 mingta, jumladan, qishloqlarda 15 mingdan ziyod, shaharlarda 15 mingga yaqin turar joy, tadbirkorlar tomonidan esa jami 19,5 ming xonadonni oʻz ichiga olgan uylar barpo etilgan. Umumiy hisobda qariyb 49,5 ming uy-joy qurilib, buning uchun 12 trillion 24 milliard soʻm yoʻnaltirilgan.

Hisob-kitoblarga koʻra, xalqimiz ehtiyojini toʻla qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak. Buning uchun esa, qariyb 30 trillion soʻm zarur boʻladi. Bu mablagʻ davlat byudjetining 23 foizidan ziyodini tashkil etadi.

Oʻz-oʻzidan ayonki, davlat byudjetining buncha qismini birgina shu sohaga ajratib boʻlmaydi. Shuningdek, davlat xususiy sektor ishtirokisiz aholi ehtiyojini toʻla qondirishi qiyin. Shu bois, yigʻilishda ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning oʻrnini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yangi tizimga muvofiq, koʻp qavatli uy-joy qurilishi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan yer va ipoteka krediti uchun banklarga mablagʻ ajratiladi.

Uy-joylar narxining oshib ketmasligi va hamyonbop boʻlishini taʼminlash boʻyicha ham zarur choralar koʻriladi. Xususan, 2020-yildan boshlab 16 mingta oilaga boshlangʻich badal va kredit foiz xarajatlari uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali uylar boshlangʻich badalining 10 foizi hamda Toshkent shahri uchun 12 foiz, qolgan shaharlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari qoplab beriladi. Mazkur yangi tizim kelasi yildan Andijon, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlarida va poytaxtimizda tajriba tariqasida joriy etiladi. Qolgan hududlarda eski tartib saqlanib qolib, yangi tizim unga raqobatchi boʻladi.

Yigʻilishda uy-joylarni tanlashda haqiqatan muhtoj oilalarni tanlab olish mezonlari yoʻqligi, tanish-bilishchilik va suiisteʼmol holatlari borligi tanqid qilindi.



Mutasaddilarga kam taʼminlangan oilalarni tanlashning shaffof mezonini ishlab chiqish, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarida Doimiy ishchi komissiyalari tuzish boʻyicha topshiriq berildi. Komissiyada bank, moliya, soliq, mahalla va boshqa idoralar vakillari ishtirok etishi, uylarni berish keng jamoatchilik bilan muhokama qilinishi zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda qishloqlarda uy-joy qurish tizimini isloh qilish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Bu borada ham raqobat va sifat boʻlishi uchun buyurtmachi funksiyasi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasidan bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazilishi belgilandi. 2020-yilda 12 mingta uy-joydan 8 mingtasi amaldagi tartib boʻyicha, 4 mingtasi xususiy sektor tomonidan qurilishi koʻzda tutilgan. Shu munosabat bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga uy-joylarni xususiy sektor tomonidan qurishning yangi tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Uylar narxini tushirish va sifatini oshirish uchun innovatsion qurilish materiallaridan keng foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Masalan, gʻisht oʻrniga gazobeton va penobetondan foydalanilsa, ishlab chiqarishda gaz sarfi 8 barobar kamayadi hamda issiqlik saqlash 5 barobar oshadi.

Yigʻilishda, shuningdek, shaharsozlik normalarini takomillashtirish, qishloqlarda qurilayotgan uylarni muhandislik infratuzilmasiga ulash, ekin yerlariga oʻzboshimchalik bilan uy-joy qurilishining oldini olish va muhofazasini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar koʻrsatib oʻtildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

29.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar