2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda

Fargʻonada Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi hamda viloyat mahallalar kengashi hamkorligida Prezidentimizning joriy yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosiga bagʻishlangan brifing tashkil etildi.

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizni oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

 

Prezidentimizning mazkur farmoni esa bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtardi. Endilikda aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni hal etish “quloqqa chalingan” gaplar bilan emas, balki bevosita uyma- uy yurib, keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqish tizimining amalga tatbiq etilgani masʼullar zimmasidagi masʼuliyatni yanada oshirmoqda. Mazkur yangi tizimni joriy etilishi aholining mavjud muammolarini toʻliq qarab olish va tezkorlik bilan hal etish imkoniyatini berayotir.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisi Sh.Javlonov farmon ijrosini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyat samaradorligini oshirish, fuqarolar yigʻinlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan fidoyi kadrlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini alohida taʼkidladi.

 

Hududlarda ijro etuvchi organlarni aholi bilan yaqin va hamjihatlikda ishlash, oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligi oshib bormoqda. Sir emas, ayrim joylarda fuqarolar yigʻinlari faoliyatiga mahalliy hokimlik vakillarining asossiz aralashuvi tufayli kadrlar qoʻnimsizligi bilan bogʻliq holatlar uchrab turardi. Farmonda bunday salbiy jihatlarga yoʻl qoʻymaslik, ular faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, fuqarolar yigʻini raislari faoliyatining kafolatlari yuzasidan bildirilgan takliflar ham tizimning aholi hayotida oʻrni va mavqeini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

– Mazkur farmon ijrosi yuzasidan hududimizdagi 1 ming 128 nafar oilalar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazdik, – deydi Qoʻshtepa tumanidagi “Gʻishtmon” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Arabjon Abdujalilov. – Aniqlangan kamchiliklarning amaliy ijrosi sifatida shu kunga qadar ikki kilometrga yaqin toza ichimlik suvi tarmoqlari tortildi, 10 kilometrdan ortiq ichki yoʻllar shugʻullandi, 1 ta yangi transformator oʻrnatildi, 1 kilometr yoʻllarimiz asfaltlandi, 350 ta oilaga suyultirilgan gaz balonlari berildi, 4 ta oilaga issiqxona qurish uchun imtiyozli bank sarmoyalari olib berishga koʻmaklashdik. Albatta bu mahallamizda hamma ish oʻz yechimini topmoqda, muammolar bartaraf etildi degan xulosani bermaydi. Hayot davom etar ekan uning oʻziga yarasha muammolari, kamchiliklari boʻldi. Shu bois asosiy eʼtiborimizni mavjud muammolarni hal etishga emas, bunday muammolar yuzaga kelishning oldini olishga qaratganmiz.

 

Farmonda fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki boʻlgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazish, ularni belgilagan tartibda fuqarolar yigʻinlariga mulk huquqi bilan berilishi hamda har chorakda tasdiqlangan reja asosida viloyat hududiy markazlarida “Mahalla markazi” majmualari va namunaviy loyihalar asosida fuqarolar yigʻinlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash vazifalari belgilab berilgan. Farmon ijrosi doirasida belgilab berilgan vazifalar hamma joyda ham koʻngildagidek olib borilyapti deb boʻlmaydi. Xususan, shu kunga qadar viloyatdagi 165 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari turli muassasalarda ijarada ish olib bormoqda.

 

– Mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi va homiylar mablagʻlari hisobidan 8 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun yangi binolar qurildi, 8 tasi rekonstruksiya qilinib, 6 ta mahalla fuqarolar yigʻini binosi taʼmirlab berildi, – deydi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Fargʻona viloyat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Shavkatjon Ermatov. – Bundan tashqari, Quvasoy shahridagi 10 ta mahalla fuqarolar yigʻini hamda Oltiariq tumanidagi 20 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga homiylar koʻmagida kompyuter jamlanmalari olib berildi. Albatta, bu mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyat samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlmoqda. Tan olish kerak ilgari mahallaga biriktirilgan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari turli komissiyalarga aʼzo boʻlishsa-da, komissiya ishlarida deyarli ishtirok etmasdi. Endilikda mahallaga nisbatan bu taxlit munosabatda boʻlinmaydi. Mahalla tom maʼnoda jamoatchilik nazorati vakolatini qoʻlga oladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

 

Ochiq va oshkoralik ruhida boʻlib oʻtgan brifingda jurnalistlar mahalla fuqarolar yigʻinlarining faoliyat samaradorligi bilan bogʻliq boʻlgan savollarga javob oldi.

26.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar