
Prezident Shavkat Mirziyoev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Quva tumanidagi “Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikatsiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.
300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor etishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar erga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025 yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga etkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot etishtiriladi.
Davlatimiz rahbari ushbu anorzorni kirib ko‘rdi.
«Tepa Xudodan, past bandadan. Erga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta o‘z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qaerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko‘proq daromad olishni o‘ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o‘rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta’minlaydigan kim - kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e’tibor berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.
Anorchilik bo‘yicha ilmiy markaz, Farg‘ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston anori bo‘yicha brend yaratish, Farg‘ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga etkazish, ko‘chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |