Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezident: ayollarni rozi qilish davlatimizning eng katta siyosati

Prezident Shavkat Mirziyoev Marg‘ilon shahridagi “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, tikuvchi ayollar bilan muloqotda bo‘ldi.

«Xotin-qizlarimizning hayotga munosib bo‘lishida kiyinish madaniyatining o‘rni katta. Libosi o‘ziga yoqsa, yarashsa, ayol kishining kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Bunday chiroyli va bejirim, milliy mentalitetimizga mos kiyimlar kiygan xotin-qizlarning dunyoqarashi ham keng bo‘ladi. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Chunki ayollarni rozi qilish davlatimizning eng katta siyosati», dedi Shavkat Mirziyoev.

2008 yilda tashkil etilgan mazkur korxona ayollar kiyim-kechaklarini tikishga ixtisoslashgan. 2012-2015 yillarda Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarish jarayoni modernizatsiya qilingan. Zamonaviy bichish-to‘qish, bezak berish hamda tikuv mashinalari keltirib o‘rnatilgan. 

Bugungi kunda bu erda ko‘ylak, kostyum, kamzul, palьto, kurtka kabi 20 turdan ortiq mahsulotning 1000 ga yaqin modeli ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy fasonlarga monand tayyorlangan bu liboslar yurtimiz xotin-qizlariga ma’qul bo‘lmoqda. 

Bundan tashqari, o‘tgan yili korxonada 632 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 801 ming dollarga etkazish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz Germaniya texnologiyasi asosida dasturlashtirilgan dekorator uskunasining ahamiyati haqida to‘xtaldi. Kiyimlarning dizayni va ranglariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. 

«Xorijdan texnologiya olib kelishimiz mumkin. Lekin uni ishlatish mutaxassisga bog‘liq. Shuni yaxshi tushuninglarki, kechagi bilim bilan bugungi va ertangi zamonni qurolmaymiz. Shuning uchun hamisha o‘qish, o‘rganiish, dizayner va ishchilarning malakasini doimiy oshirib borish zarur», dedi davlatimiz rahbari.

12.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar