2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Oʻzbekistonning obod qishloqlari“ loyihasi taqdim etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida “Infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar“ mavzuida anjuman oʻtkazildi. Unda mahalliy va xalqaro ekspertlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari Sohib Saifnazarov, Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori va boshqalar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda hududlardagi qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun barcha qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

 

Maʼlumki, 2018-yilning aprel oyidan hukumatimiz tomonidan “Obod qishloq“ dasturi doirasida 159 tumandagi 400 dan ortiq qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilash, bu qishloqlarda yangicha uslubda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish kabi ezgu maqsadlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu jarayonda har bir qishloqni obod qilish uchun oʻrtacha 750 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflanadi. Mamlakat boʻyicha ushbu ishni amalga oshirish uchun esa taxminan 17 yil muddat hamda 6 milliard AQSH dollari talab etiladi.

 

Vazirlikning mazkur “Obod qishloq“ dasturi ijrosi boʻyicha bergan maʼlumotiga koʻra, 2018-yilda jami 417 qishloqda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. 2019-yilda 478 qishloqda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

 

Ushbu davlat dasturida xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon bankining ishtiroki va xalqaro tajribani tatbiq etish boʻyicha Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etildi.

 

– Bugungi tadbirda “Obod qishloq“ davlat dasturining ijrosi boʻyicha Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekistonning obod qishloqlari“ loyihasini ishlab chiqish va taqdim etishda ushbu guruh faol ishtirok etdi, – dedi Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari Zafar Uzoqov. – Loyihani amalga oshirishda jamoatchilik nazorati, aholining fikri, mahalla faollari ishtiroki hamda bu ishlarda NNT faolligi muhim hisoblanadi. Loyiha Fargʻona, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining 21 tumanidagi 400 dan ortiq qishloqda tatbiq etiladi. Talab mezonlariga koʻra, unda tanlangan qishloqlar iqtisodiy jihatdan ortda qolgan, “Obod qishloq“, “Obod mahalla“ va “Obod markaz“ kabi dasturlarga kiritilmagani, qishloqning markazdan uzoq masofada joylashgani va toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagani inobatga olindi.

 

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 183,6 million AQSH dollari miqdorida boʻlib, u Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki moliyaviy koʻmagida amalga oshiriladi. Eʼtiborli jihati, tashkil etilganiga ikki yil boʻlgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mamlakatimizga ilk bor sarmoya kiritmoqda. 2020-2024-yillarga moʻljallangan loyihada nafaqat tanlangan qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, balki uning ijrosi doirasida gender tengligi masalasi, mehnat huquqi, yaʼni hokimiyatlar va MFY aʼzolariga mehnat amaliyotlari boʻyicha muntazam treninglar oʻtkazish, aniqlangan har qanday holatlar boʻyicha monitoring va hisobot yuritish hamda mehnat huquqlari boʻyicha jamoatchilikni xabardor qilish, shu bilan birga, qayta aloqa tizimini joriy etish jihatlarini eʼtiborga olish koʻzda tutilgan.

 

– Davlat dasturi ijrosiga oʻz hissamizni qoʻshish maqsadida shu loyihaga qoʻl urdik, – dedi Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha katta mutaxassisi Robert Vrobel. – Bu loyihani ishlab chiqish va uning ijrosi boʻyicha mutlaq yangicha yondashuv asosida amalga oshirish rejalashtirilgan. Tanlab olingan qishloqlarda loyihani tatbiq etishda jamoatchilik nazorati, aholining fikri, mahalla faollari ishtiroki va uning bajarilishidan keyin esa aholi oʻrtasida loyihaning ahamiyati oʻrganib chiqiladi. Umid qilamizki, bu loyiha muvaffaqiyatli boʻlib, keyinchalik boshqa hududlarga tatbiq etishga imkoniyat yaratadi.

 

Anjumanda qayd etilganidek, mazkur loyihani amalga oshirish uchun eksperiment sifatida Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Sohil“ mahalla fuqarolari yigʻini hududi tanlab olingan. Tadbirda mahalla fuqarolari yigʻini kotibi Oybek Tojiboyev ushbu hudud haqida batafsil maʼlumot berdi.

 

– Ushbu loyiha ijrosi uchun bizning hudud tanlab olinganidan mahallamiz ahli juda xursand boʻldi, – dedi u. – Men bugungi tadbirda mahallamiz faollari oʻz qoʻllari bilan chizgan xaritani koʻrsatdim. Unda aholi uchun eng zarur boʻlgan ehtiyojlarni misollar asosida bayon qilib berdim. Qishlogʻimizda 440 xonadon mavjud. Aholisi 2631 nafarni tashkil etadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, qozoq va qirgʻiz millatiga mansub mahalla ahli juda ahil va inoq yashaydi. Biroq bu qishloqda oʻz yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Xususan, ichimlik suvi va elektr energiya taʼminoti yaxshi emas. Mahallada maktab yoʻqligi bois bolalar 1,5 va 4 kilometr yoʻl bosib, tuman hududidagi 13 va 14-umumtaʼlim maktablarida oʻqiydi. Stadion esa ularning koʻp yillik orzusi. Mahalla yoʻllari ham bir ahvolda. Istardikki, bunday saʼy-harakatlar sohilliklarga barcha qulayliklar olib keladi.

 

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzA

09.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar