
Prezident Shavkat Mirziyoev Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Farg‘ona viloyatida xorijiy sarmoyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishga qaratilgan investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda. Xorijdagi doimiy ofislar, birodarlashgan shaharlar va yurtimizdagi chet ellik ishbilarmonlar orqali bu xabga 161 million dollardan ortiq investitsiya olib kelish rejalashtirilmoqda. Ushbu mablag‘ni yangi korxonalar ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirib, 2 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, mazkur investitsiyaviy xab viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va innovatsion markazlar bilan ham ishlaydi.
Prezidentimiz bu tizimni takomillashtirish, bunday xablarni boshqa hududlarda ham tashkil etish, iqtisodiy barqaror korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shu erda Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalariga investitsiya jalb etish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |