2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Sirdaryo viloyat va tuman hokimliklari, adliya, davlat xizmatlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, mehnat faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 2 milliadrd soʻmni tashkil etgan ushbu 3 qavatli tuman davlat xizmatlari markazi binosining birinchi qavatida aholiga sifatli savdo xizmati koʻrsatish maqsadida zamonaviy supermarket joylashtirildi.

 

Binoning 2 va 3-qavatlarida esa tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari murojaat qiluvchilarga eng qulay sharoitlarda xizmat koʻrsatishi moʻljallandi.

 

Markazga tashrif buyuruvchilarga keng, yorugʻ va shinam xizmat zalida qulay sharoitlarda xizmat koʻrsatiladi. Elektron navbat tizimi 4 ta monitorda oʻz aksini topgan. 12 ta qabul oynasida koʻrsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.

 

Markazda tibbiyot xonasi, toʻlov kassasi, odatiy davlat xizmatlaridan farqli oʻlaroq, tuman fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi, tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi, notarius, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi xonalari va 100 dan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan kitobxonlik burchagi ham tashkil etilganini alohida taʼkidlash lozim.

 

Shuningdek, binoda investorlar uchun maxsus xona, anjumanlar xonasi mavjud boʻlib, yoʻlga qoʻyilgan bepul wi-fi tashrif buyuradigan fuqarolar beminnat foydalanishlari mumkin.

 

– Sirdaryo – viloyatdagi eng katta tumanlarimizdan biri boʻlib, hududda 143 ming 600 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Otabek Mavlonberdiyev. – Markaz xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 120 turdagi qariyb 40 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi. Faqatgina ushbu markazda 41 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatish tajriba sifatida yoʻlga qoʻyilganini ham alohida taʼkidlash lozim. Joriy yil yakuniga qadar Xovos va Sardoba tuman davlat xizmatlari markazlarini ham xuddi shunday, barcha qulayliklar mujassam yangi obyektda faoliyat olib borishini rejalashtirilgan.

 

A.QAYUMOV, OʻzA

03.10.2019

Foydali resurslar