Samarqand shahrida So‘lim qo‘rg‘onidagi Navro‘z, Yoshlik hamda Chilquduq mahallalarida “Obod mahalla” dasturiga asosan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov tomonidan Chilquduq mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda shu hududda va shaharning boshqa mahallalarida yashovchi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularga echim topish choralari ko‘rildi.
Qabul davomida fuqarolardan 38 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 7 tasiga shu joyning o‘zida echim topilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar o‘rganib chiqishga yo‘naltirildi. 10 ta murojaat ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Aholi murojaatlarining mazmuni asosan mahalla ichki ko‘chalarini ta’mirlash, ular atrofida tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalarga qaratildi.
- Mahallamiz shahar hududida joylashgan, - deydi Chilquduq mahallasida yashovchi Muslima Hazratova. – Ammo ko‘p yillardan buyon shaharlik ekanimizni his qilmayotgandik. Sababi yaqin ikki yilgacha elektr energiyasi, gaz ta’minoti masalasida muammolar bo‘lib, qishda uyni isitish uchun o‘tin yig‘ish bilan ovora edik. Mana, sekin-asta bu qiyinchiliklar barham topdi. Bugungi sayyor qabulda mahalla hududida daydi itlarning ko‘paygani va bu bolalarimiz uchun xavf tug‘dirayotgani bo‘yicha murojaat qildim. Bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘z vaqtida hal etish maqsadida qabulga shahardagi 20 dan ortiq tashkilotlar vakillari jalb etildi. Har bir masala bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
To‘lqin SIDDIQOV
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |