
Keyingi ikki kun (24, 25-sentyabr) davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov boshchiligida mazkur mahkama va viloyat sudi mutasaddilari Surxondaryo viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi. Unda jami 79 nafar fuqaro qabul qilinib, 27 nafarining murojaati nazorat tartibida o‘rganish uchun yozma shaklda qabul qilingan bo‘lsa, 52 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul jarayonida jami 30 nafar mahkum (shundan 1 nafari ayol) JKning 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 10 nafar mahkum (shundan 2 nafari ayol) JKning 74-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.
Bundan tashqari, murojaatchilarga malakali huquqiy yordam berishi hamda ularning ortiqcha sarsongarchiliklarini oldini olish maqsadida viloyat sudida (Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda) tashkil etilgan maxsus xonada haftaning dushanbasidan juma kuniga qadar navbatchi advokatlar xizmatidan foydalanishi mumkinligi tushuntirildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan viloyat, tuman, shahar hokimligi hotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy amaliy markazi bilan hamkorlikda 42 dan ortiq notinch oilalardagi er-xotinlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Ularga Oliy sud tashabbusi bilan tasvirga olingan «Farzand omonat» va «Ota» nomli qisqa metrajli videofilьmlar namoyish etildi. Tadbir nihoyasida ajrashish yoqasida turgan 8 oilani yarashtirishga muvaffaq bo‘lindi.
Bundan tashqari, Termiz shahridagi 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurilib, tarbiyalanuvchilar bilan samimiy muloqot qilindi, ularga badiy kitoblar sovg‘a hadiya etildi.
X.Qudratov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi raisi
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |