2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Forish tumanida viloyat prokurori sayyor qabul o‘tkazdi

Forish tumanidagi 2-sektor hududidagi «Garasha» mahallasida viloyat prokurori Islom Ergashxodjaev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul boshlanishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, viloyat prokurori Islom Ergashxodjaev qabuldan ko‘zlangan maqsad aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarga echim topish ekanligini ta’kidlashdi.

Islom Ergashxodjaev har bir murojaatchi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Qabulga kelgan 87 nafar fuqarolardan 21 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Sayyor qabul davomida viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, viloyat tijorat banklari boshqarmalariga, viloyat elektr tarmoqlari korxonasi va boshqa tashkilotlarga murojaatning ijrosi yuzasidan muddatlar belgilab berildi va alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari sayyor qabul davomida fermer xo‘jaliklari, kichik biznes sub’ektlari, korxona, tashkilot, muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan 14 ta korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes sub’ektlari hamda fermer xo‘jaliklari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 30 ta bo‘sh ish o‘rinlari hamda tuman hokimining 2018 yil 26 noyabrdagi 2176-sonli qaroriga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun 5 ta ajratilgan KVOTA ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Mehnat yarmarkasida ish bilan band bo‘lmagan 45 nafar fuqarolar qatnashdi. Shular «Garasha» mahalla fuqarolar yig‘iniga 12 nafar, «Ilonli» mahalla fuqarolar yig‘iniga 15 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi. 5 nafariga o‘zlari tanlagan kasb mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarga yo‘llanma asosida ishga yuborildi. 13 nafar fuqaroga «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qarorga asosan hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi.

24.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar