2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim sayyor qabulidan so‘ng muammolar o‘z yechimini topmoqda

Paxtachi tumanining “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘ini Samarqand viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lib, Qarnabdan viloyat markazigacha bo‘lgan masofa qariyb 170 kilometrni tashkil etadi.

To‘g‘risini aytish kerakki, 6,5 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan ushbu hudud keyingi yillarda e’tibordan chetda qolib kelayotgan edi.

 

Avval xabar qilganimizdek, qarnabliklarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, hudud qiyofasini tubdan yaxshilash maqsadida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari ishtirokida 14-sentabr kuni “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Chashma va Qarnabota mahallalarida istiqomat qiluvchi 50 nafardan ortiq odamlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar bo‘yicha viloyat rahbariga murojaat qildi.

 

Shundan so‘ng aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, uy-joy va aholi turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa qator dolzarb masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar ishtirokida tegishli vazifalar belgilab olindi.

 

Ayniqsa, muloqot chog‘ida viloyat hokimi hududdagi eng asosiy muammolardan biri hisoblangan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llar ta’miri, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish maqsadida viloyatdagi korxona tashkilotlar mutasaddilariga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

 

Xalq farovonligini ta’minlashdek oliy maqsadlarni ko‘zlab o‘tkazilgan ushbu tadbirdan so‘ng Paxtachi tumanining Qarnab qishlog‘ida yashovchi aholining ko‘p yillik orzu armonlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida dastlabki qadamlar tashlandi. Hozirda qariyb 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 15 kilometrdan ziyod suv tarmoqlari tortilmoqda. Bu ishlar yakuniga yetkazilguniga qadar toza ichimlik suvi tashuvchi maxsus avtoulov ajratildi.

 

Viloyat hokimi Qarnabdagi “Malika” nomidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Bu ta’lim-tarbiya maskanining moddiy-texnik bazasini yangilash, zamonaviy qattiq va yumshoq mebellar bilan ta’minlanishini hamda barcha qulayliklar yaratilishini ta’kidladi.

 

Hududdagi 840 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil oladigan 45-umumta’lim maktabining qurilganiga 40 yildan oshgan. Ayni paytda ushbu ziyo maskani ta’mirga muhtoj. Shu bois viloyat rahbari maktabni to‘liq zamonaviy qiyofaga keltirish, moddiy texnika vositalari bilan jihozlash, ta’mirlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi. Buning uchun mahalliy budjetdan 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

 

Viloyat hokimi muloqotdan so‘ng Chashma mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilib kelayotgan, qarovchisiz, ikkinchi guruh nogironi Oysha Rajabova hamda “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Muhiddin Melievlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Og‘ir sharoitda kun kechirayotgan ushbu fuqarolarning yaroqsiz holga kelib qolgan uy-joyini qayta qurib, ta’mirlab berish vazifasini mas’ullar zimmasiga yukladi.

 

Hozirda ushbu xonadonlarda qurilish, ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Yakka-yolg‘iz istiqomat qilib kelayotgan Oysha Rajabova hamda Muhiddin Melievlarning qalbida bugun yashashga bo‘lgan umid uchqunlari porlay boshladi. Chunki, ularning ko‘p yillik orzulari ushaladigan bo‘ldi.

 

– Men yetimlikda katta bo‘lganman, ayni paytda cho‘ponlik qilib kelmoqdaman, – deydi Muhiddin Meliev. – Hayot qiyinchiliklari sabab turmush o‘rtog‘im ham ketib qolgan edi. Tuman rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan ayolim bilan yarashdim. Mana xonadonimizda 20 nafarga yaqin ishchilar imoratni qayta tiklash yumushlarini amalga oshirmoqda. Bundan minnatdorman.

 

Qarnabotadagi yana bir ijtimoiy muammolardan sanalgan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga ham shu kunning o‘zidayoq kirishildi. Aholiga 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

 

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, fuqarolarning xonadonlarini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mavjud elektr energiyasini uzatish uskunalari, simyog‘ochlarning ahvoli mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, muammolar bartaraf etila boshlandi.

 

– Viloyat hokimining o‘tkazgan sayyor qabulidan so‘ng hududimizda qurilish, ta’mirlash ishlari keng quloch yoydi. Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarga bosqichma-bosqich barham berilayapti, – deydi “Chashma” MFY raisi Tursuntoji Begmatov. – Bu esa yillar mobaynida umidsizlik, ishonchsizlik kayfiyatida yashab kelayotgan xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

 

Mazkur hududda so‘nggi yillarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda ham ba’zi muammolar yuzaga kelgan edi. Sayyor qabuldan so‘ng viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining tajribali mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ham tashkil qilindi. Ular uyma-uy yurib aholi salomatligini ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

 

Bundan bir necha oy muqaddam viloyat hokimining Paxtachi tumanida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulida mazkur hududda yashovchi fuqarolar zamonaviy tibbiyot muassasasi qurilishi yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi. Shundan so‘ng “Qarnabota“ mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida 750 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiyot punkti barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur tibbiyot punkti Qo‘rg‘oncha hamda Ketmonchi qishloqlarining qariyb 1000 nafar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, Paxtachi tumanining “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan muloqot, ushbu qishloq odamlarining quvonchiga sabab bo‘luvchi xayrli ishlarning boshlab yuborilishiga zamin yaratdi. Bu davlatimiz rahbarining “Xalqimiz hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak” – degan purma’no fikrlarining amaldagi ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Abdulaziz Yo‘ldoshev, O‘zA

19.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar