2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shargʻun goʻzal va maftunkor shaharga aylanmoqda

Surxondaryo viloyati Shargʻun shahrida “Obod markaz” dasturi doirasida yangidan qurilgan, mukammal taʼmirlangan va obodonlashtirilgan 9 zamonaviy ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz joriy yil 30-aprel – 1-may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Shargʻun koʻmir konini qayta tiklash, Shargʻun shahrining qiyofasini tubdan oʻzgartirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlarni bergan edi.

 

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida olis va togʻli shahar yirik bunyodkorlik maydoniga aylandi. Mavjud koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash, yangi turar joy binolari, keng, ravon yoʻllar barpo etish, turli ijtimoiy soha obyektlarini qurish, aholiga xizmat koʻrsatish va dam olish maskanlarini yaratish, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi taʼminotini tubdan yaxshilash boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi.

 

Shargʻun – Janubdagi viloyatning koʻmir, ohaktosh, kumush, fosforit kabi noyob qazilma boyliklari moʻl hududlaridan biri. Shargʻun koʻmir konini qayta tiklash va samarali foydalanish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning Eksim banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar evaziga 2021-yilgacha yirik hajmdagi bunyodkorlik ishlari bajarilib, bu yerdan yiliga 900 ming tonna koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyiladi. 600 ish oʻrni yaratiladi. Hozir konlarni qayta tiklash barobarida koʻmir qazib olish ham qizgʻin davom etayotir.

 

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, shaxtyorlar, xotin-qizlar, yoshlar, poytaxtdan kelgan shoir va sanʼatkorlar ishtirokida tashkil etilgan tantanali tadbir ishtirokchilari dastlab uchta toʻrt qavatli uy va shahar hokimligining binosi oldida jam boʻldi.

 

Bu yerda tashkil etilgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizning chekka va olis hududlari ulkan bunyodkorlik maydoniga aylanib, shahar va qishloqlarda odamlarning bugungi kunidan rozi boʻlib yashashi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani taʼkidlandi. Juda qisqa muddat – toʻrt yarim oyda koʻp millatli konchilar shahrining qiyofasi tubdan oʻzgargani ham bunga yaqqol misoldir.

 

Togʻli shahardagi beshta mahallada oʻnga yaqin millat vakillari ahil-inoq hayot kechirmoqda. Konchilar goʻshasida 18 ta 4 qavatli, 36 ta 2 qavatli uy mavjud. Ularni zamonaviy qiyofada taʼmirlash uchun “Qishloqqurilishbank” tomonidan 1 milliard 833,6 million soʻm, “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan 553,5 million soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratib berildi. Bu mablagʻ hisobidan 26 koʻp qavatli uyning tashqi qismi toʻliq yangidan suvolib, boʻyash ishlari ham yakunlandi. Oltita koʻp qavatli uyning tom qismi mukammal taʼmirlandi. 63 kirish yoʻlagi taʼmirlanib, yangi temir eshiklar, 3260 metr kvadrat framuga romlari oʻrnatildi. Tandirxonalar qurib berildi. Uylar atrofiga 76 tungi yoritgich oʻrnatildi. 18 bolalar oʻyingohi zamonaviy usulda jihozlandi. Mavjud 200 dan ortiq noqonuniy qurilmalar buzilib, chiqindilardan tozalandi. 380 metr irrigatsiya tarmoqlari yangidan taʼmirlandi. Ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish bilan birga yoʻllarni obodonlashtirishga alohida ahamiyat berildi.

 

– Shaxtyorlar shahriga kirishda joylashgan shahar hokimligining eski ikki qavatli binosi va uning yonidagi uchta koʻp qavatli uyning tubdan taʼmirlanib, yangi qiyofada boʻy koʻrsatgani, atrofi obodonlashtirilib, koʻp qavatli uylar yonida bolalar oʻyingohlari barpo etilgani uzukka koʻz qoʻygandek yarashibdi, – deydi Oʻzbekiston xalq artisti M.Namozov. – Shaharga kirishingiz bilan bahri-dilingiz yayraydigan goʻshaga aylanibdi. Bu yurtimizda inson manfaatlari ulugʻlanayotgani va chekka hududlarni ham obod, goʻzal maskanga aylantirish borasida koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar ifodasidir.

 

Davlatimiz rahbarining tashrifidan soʻng oʻtgan yillarda eʼtibordan biroz chetda qolgan shahar yirik qurilish maydoniga aylandi. Koʻp qavatli uylar qurilmoqda. Shargʻun shifoxonasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan. 100 oʻrinli oilaviy poliklinikada qurilish taʼmirlash ishlari yakunlanib, tibbiyot xodimlari va aholi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Kelgusi yil 60 oʻrinli tugʻruqxona bunyod etilib, narkologiya shifoxonasi rekonstruksiya qilinadi.

 

Shargʻun qurilish kasb-hunar kolleji, 4 maktab va 2 ixtisoslashtirilgan maktablarda rekonstruksiya, taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Buning uchun yigirma milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanmoqda. Mavjud 4 maktabgacha taʼlim muassasasi ham yangi qiyofada boʻy koʻrsatib, bolajonlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilmoqda. Shuningdek, bitta xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirilib, ikkitasida qurilish ishlari davom etayotir.

 

Yangilanayotgan Shargʻunda boshlangan uy toʻylari ijtimoiy soha obyektlarida davom etdi. Ishtirokchilar shahar hokimligining qayta tamirlangan binosi, oilaviy poliklinika, qaytadan qurilgan 8-maktabgacha talim muassasasi bilan tanishdi. Birodarlik qabristonida amalga oshirilgan yirik hajmdagi obodonlashtirish ishlarini borib koʻrdi.

 

– Sokin bu manzilda shahrimizda yashagan oʻndan ortiq millat vakillari mangu qoʻnim topgan, – deydi faxriy konchi S.Kenjayev. –Qariyb oʻttiz yil shaxtada ishlab, koʻmir qazidim. Biroq shaharga ham, shaxtyorlarga ham bunaqa etibor boʻlganini koʻrmaganman. Qarang, shahrimiz qanday goʻzal boʻlmoqda. Shaxtyorlarga yaratilayotgan sharoitlarga havasingiz keladi. Hatto oʻtganlarning ruhi shod etilib, qabriston ham obod goʻshaga aylantirilibdi. Bu ishlar har bir inson qadrini ulugʻlash va oʻtganlar ruhini ezozlashdek buyuk qadriyatlarimiz yanada keng quloch yozayotgani ifodasidir.

 

Maʼlumotlarga koʻra, bu yerda 2 mingdan ortiq qabr begona oʻtlardan tozalanib, suvoqlandi. Bostirma, piyodalar yoʻlakchalari qurildi, qabrtoshlar, temir panjaralar boʻyaldi. Xususan, atrofi devor toʻsiqlari bilan oʻraldi, suv minorasi tom qismi profnastil bilan taʼmirlanib, tashqi qismida suvoqlash va fasad ishlari bajarildi. Tahoratxona qurilib, barcha sharoitlar yaratildi. Ming tupdan ortiq manzarali daraxt oʻtqazildi.

 

Shahar markazidagi “Shaxtyorlar maydoni”da oʻrnatilgan ramziy shaxtyorlar monumentining tantanali ochilishi ham barchada iliq taassurot uygʻotdi.

 

– Shargʻunning tamomila yangi qiyofada boʻy koʻrsatayotganidan faxrlanamiz, – deydi shaxtyor Sh.Buzrukov. – Shaharni bunday koʻrkam qiyofada koʻrish bizdan oldin mehnat qilgan konchilar uchun ushalmas orzu boʻlgan ekan. Endilikda biz ishdan boʻsh vaqtlarimizda soʻlim shaharni aylanib, maza qilib hordiq chiqarishimiz mumkin. Buning uchun yetarli sharoit yaratilmoqda. Rekonstruksiya qilinayotgan tibbiyot, madaniyat, taʼlim muassasalarida yaratilayotgan qulayliklar ham bizni juda xursand qilmoqda. Albatta, bunday sharoit boʻlgan joyda kishi oilasidan, farzandlaridan koʻngli toʻq boʻlib, yanada unumli ishlaydi.

 

Shu kuni “Feruz” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi, “Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻinida barpo etilgan bolalar oʻyingohi, qayta taʼmirlangan madaniyat uyi binosi ham foydalanishga topshirildi.

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudoyberganov ishtirok etdi.

 

Yangilanayotgan shaxtyorlar shahrida bunyodkorlik ishlari qizgʻin davom etmoqda.

 

Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA

20.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar