2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navbahor tumani hokimi: Amalga oshirilayotgan loyihalar ko‘p, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar esa undan ham ko‘p

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Navbahor tumaniga Press-tur uyushtirildi.

Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

 

Dastlab tadbir qatnashchilari “Straus farm Navbahor”, “Paradise garden”, “Uchtut javohir toshlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, tumandagi asfalt zavodi, “ATLANT” xususiy klinikasi hamda “Sevinch” davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

 

Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Straus farm Navbahor” mas’uliyati cheklangan jamiyati tumandagi jadal rivojlanayotgan korxonalardan biridir. Jurnalistlar mazkur korxonaning parrandachilik majmuasida Afrika tuyaqushlarini parvarishlash jarayoni bilan tanishdi. 35 nafar ishchi-xodim faoliyat olib borayotgan korxona hududi bir gektarni egallagan bo‘lib, majmuada go‘sht yo‘nalishida broyler jo‘ja, nasldor kurka, o‘rdak, qoramollar boqiladi.

 

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli asfalt zavodi hududdagi yana bir istiqbolli korxonalardan biri. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlardan nafaqat tuman, balki, Xatirchi, Nurota va Karmana tumanlaridagi yo‘llarni ta’mirlashda ham foydalanilmoqda.

 

Soatiga 120 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega sub’ektda 12 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Korxona uchun ayni paytda ma’muriy binolar hamda ishchilar dam olishi uchun xonalar tashkil etilmoqda.

 

– Mazkur ishlab chiqarish bo‘limimizning jami loyiha qiymati 7,5 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etadi, – deydi korxona rahbari Munis Fozilov. – Zavod ish boshlagach tegishli hududlarda yo‘llarni ta’mirlash ishlarining hajmi va sifati sezilarli ravishda oshdi. Xususan, qishloqlarimizning ichki, tuproq ko‘chalarida asfalt qoplama yotqizish tobora kengayib bormoqda.

 

Ma’lumki, Navbahor tumanining iqlimi, tuprog‘i uzumchilikni rivojlantirishga qulay. Bir vaqtlar “Jambul” bog‘larining dovrug‘i, bu yerda yetishtirilgan mevalardan tayyorlangan mahsulotlar jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan.

 

O‘tgan yili faoliyatini boshlagan “Paradise garden” korxonasi tumanda ana shu ishlarni qayta tiklash maqsadida 16 gektar maydonda tomchilab sug‘orish asosida uzumzor tashkil etgan. Qo‘shimcha yana 60 gektardan ziyod yerda ham shu asosda bog‘ tashkil etiladi.

 

Press-tur ishtirokchilari cho‘l bag‘rida barpo etilayotgan mazkur tokzorlar bilan birga, ayni shu korxona tomonidan “Qorajon” mahallasi hududida qurilayotgan, qiymati 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mevani qayta ishlash zavodini ko‘zdan kechirdi. Ayni paytda binoning qurilishi tugatilgan bo‘lib, Janubiy Koreya Respublikasining “MS Holdings” hamda Italiyaning “DELLA TOFFALA SPA” kompaniyalaridan texnologiyalar olib kelinishi kutilmoqda.

 

“Sevinch” davlat xususiy sheriklik asosidagi 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi yaqinda foydalanishga topshirilgan. OAV vakillari mazkur muassasa faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, bu yerda bolajonlarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘ldi.

 

Press-tur doirasidagi navbatdagi manzil – “Uchtut javohir toshlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Oq tepa” dam olish maskani bo‘ldi. Mazkur turizm ob’ekti hozirda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki Nurota tumaniga ziyoratga borayotgan xorijlik mehmonlarning ham diqqatini tortgan. Hududda zamonaviy kafe, basseyn, madaniy hordiq chiqarish maydonchalari hamda mehmonxona xizmati tashkil etilgan.

 

Shu yerning o‘zida tuman hokimi Lochin Obloqulov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. L.Obloqulov hududda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida rejalashtirilgan loyihalar xususida ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng tuman rahbari jurnalistlarning kommunal sohada, yoshlar siyosati hamda nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi savollariga batafsil javob berdi.

 

– Amalga oshirayotgan loyihalarimiz ko‘p, qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar esa undan ham salmoqli, – dedi hokim. – “Obod qishloq”, “Obod markaz” hamda boshqa davlat dasturlari asosida olib borayotgan sa’y-harakatlarimiz joylardagi ko‘pgina masalalarga yechim bo‘lmoqda. Misol uchun, tuman markazini tubdan o‘zgartirayapmiz. 100 dan ziyod tadbirkorlarimiz tomonidan hududda zamonaviy savdo ob’ektlari qurilmoqda. Xuddi shunday o‘zgarishlar chekka qishloqlarda ham davom etayotir. 

 

Press-tur yakunida tuman hokimligi hamda hududdagi boshqa mas’ul tashkilotlarning jurnalistlar bilan hamkorligini kuchaytirish masalasi muhokama qilinib, bu boradagi qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Ozod MUSTAFOEV,

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Navoiy viloyati bo‘limi mutaxassisi.

18.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar