2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullar – murojaatlar yechimining samarali usuli

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Muzaffar Saliyev Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, bevosita xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolarini oʻrganish va yechim topish maqsadida vazirning Quyi Chirchiq tumaniga tashrifidan ayniqsa, “Bogʻiston” mahallasi Elobod koʻchasi 27-uyda yashovchilar mamnun boʻldi. Gap shundaki, bir oy muqaddam Nadya Moiseyeva shu uyda yashovchi 18 ta oila nomidan vazirga murojaat qilib, koʻp qavatli uyning tomini yopishda amaliy yordam soʻragan edi. Ushbu murojaat atroflicha oʻrganilib, vazir tashabbusi bilan 20 kunda uyning tomi yopib berildi.

 

Maʼlumki, turar-joy, gaz, suv, kanalizatsiya tizimiga yillar mobaynida yetarli darajada eʼtibor qaratilmagani sababli bugungi kunda mazkur tizimda muammolar yigʻilib qolgan. Bu esa ushbu yoʻnalish boʻyicha aholini qiynayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratishni taqozo etayapti.

 

Quyi Chirchiq tumanidagi sayyor qabulda aholi tomonidan gaz, suv, uy-joy, yoʻl taʼmiri, transport qatnovi, elektr taʼminoti bilan bogʻliq 24 ta murojaat tushdi. Shundan 5 tasi joyida hal etildi. Ijrosi maʼlum muddat vaqt talab etadigan 19 murojaatni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi.

 

Shuningdek, vazir Oqqoʻrgʻon tumani “Eltamgʻali” mahallasida ham sayyor qabul oʻtkazdi. Mazkur hududda ayni paytda 4 ming 300 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda soʻnggi paytlarda elektr energiyasiga talab ortib, mavjud transformatorlarni yangisiga almashtirish zaruriyati tugʻilgan edi.

 

Mahalla ahlining bu boradagi murojaati vazir topshirigʻiga koʻra ijobiy yechim topadigan boʻldi. Shuningdek, fuqarolarning gaz, suv, yoʻl taʼmiri kabi masalalar boʻyicha murojaati oʻrganish va hal etish uchun tegishli tashkilotlar ish rejasiga kiritildi.

 

Avazbek Xudoyqulov, OʻzA muxbiri

15.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar