
Andijon viloyati Ulugʻnor, Baliqchi tumanlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisi oʻrinbosari Baxtiyor Isoqov rahbarligida Oliy sud sudyalari sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabulda 60 dan ziyod fuqaro hamda tadbirkorlik subyekti turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlar yuzasidan sayyor sud majlislari oʻtkazilib, ularning maʼlum qismi qanoatlantirildi.
– Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudining 2016-yil mart oyidagi qarori bilan menga olti yil qamoq jazosi berilgan, – deydi Ulugʻnor tumani Oqoltin qishlogʻida yashovchi A.Rahmatov. – 2018-yil aprelda Jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron tuman sudi qarori bilan jazoning oʻtalmay qolgan muddati har oylik ish haqimning 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Sayyor qabulda Oliy sud raisi oʻrinbosariga ana shu jazo bekor qilinishini soʻrab murojaat qildim. Qabul doirasida oʻtkazilgan sayyor sudda qilgan aybimdan pushaymonligim, oʻzimni yaxshi tomonlama koʻrsatganim inobatga olinib, murojaatim ijobiy hal etildi. Men jazoni oʻtash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindim.
Sayyor qabul davomidagi murojaatlarning aksariyati joyida oʻz yechimini topdi, 16 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 tasi nazorat tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi. Shuningdek, murojaat qiluvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan suhbatlar oʻtkazildi.
F.UBAYDULLAYEV, Z.UMURZOQOV (surat), OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |