
Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi – OʻzA Bosh direktori oʻrinbosari A. Oʻrozov sayyor qabul oʻtkazdi.
Tuman xalq qabulxonasida tashkil qilingan sayyor qabulga oʻn chogʻli fuqaro murojaat qildi. Murojaatlarning beshtasi bankdan kredit olish, uchtasi ishga joylashish bittasi moddiy yordam, bittasi tomorqasini oqar suv bilan taʼminlash masalasida boʻldi.
Yerjar mahallasida Goʻzal Odilova “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida bankdan yillik 8 foizli imtiyozli kredit olishda yordam soʻradi. Yana ikki kishining murojaati shu mazmunda boʻldi. Sayyor qabulda qatnashgan tumandagi “Agrobank”, “Xalq” banki boʻlimlari vakillari ayni paytda resurs yoʻqligi uchun oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlar ajratish toʻxtab turganligini maʼlum qildi. Shu bois hozircha bu muammoni hal etish tuman banklariga bogʻliq boʻlmay turibdi.
Ishga joylashishda yordam soʻrab murojaat qilgan uch nafar qiz “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”da ishga joylanadigan boʻldi.
– Korxonaning ikkinchi navbati ishga tushirilishi bilan yangi ish oʻrinlariga xotin-qizlarni qabul qilish boshlanadi, – tuman Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Nurmonov. – Korxona maʼmuriyati bilan ishga joylashishda koʻmak soʻrab murojaat qilganlarni ularga yuborishga kelishganmiz. Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashda, alohida mutaxassisliklarni hisobga olmaganda, muammo yoʻq.
Boshqa murojaatlar tegishli tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
T. BEKNAZAROV, J. YORBEKOV (surat), OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |