
Andijon shahridagi “O‘zbegim” mahallasida yetti qavatli, har biri 64 xonadondan iborat 4 ta yangi uy foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholi vakillarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Andijon shahridagi “Xoqon avtoinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan ko‘p qavatli zamonaviy uylar eng ulug‘, eng aziz bayramimiz davlatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramida uy sohiblari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
– Bayram bizga qo‘shaloq keldi, yangi uy egasiga aylandik, – deydi Sayyoraxon Qosimova. – Bir necha yildan buyon harakat qilsak-da, yangi uy sotib olishga imkon topolmayotgan edik. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘p qavatli arzon uylar barpo etilayotgani muammoimizni hal etishga yordam berdi.

Ikki va uch xonali xonadonlardan iborat uylarda barcha qulayliklar yaratilgan, har biri alohida isitish tizimiga ega. Uylar oldida bolalar uchun jihozlangan o‘yin maydonchalari, savdo do‘koni, avtoturargoh barpo etilgan.
Mamlakatimizda aholi uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, inson manfaatlarining ulug‘lanishiga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |