
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Barcha soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham ijobiy sifat o‘zgarishlari ta’minlanmoqda. Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmi 45 foizga o‘sgan.
Prezidentimiz hududda hali jiddiy muammolar ko‘pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar yetarli emasligini ta’kidladi.

- Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari oyog‘imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim yetaklaydi, to‘g‘ri yo‘nalish beradi? Mo‘ynoq misolida ko‘rdilaringiz. Odamlarning ko‘zlarida «qilsa bo‘lar ekan-ku» degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o‘zgarishlar qilish kerak.
Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog‘istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o‘sgani, Taxtako‘pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo‘qligi tanqid qilindi. Xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
- Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko‘plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog‘istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak, - deya ta’kidladi Prezident.
O'zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |