Farg‘ona viloyati prokurori S. Turdiev Uchko‘prik tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan qabulda 82 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi, 74 ta yozma murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Murojaatlar asosan sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.
Sayyor qabul jarayonining o‘zida 7 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 3 nafariga nogironlik aravachasi, 2 nafariga eshitish uskunasi berildi, 3 nafari davolanishga yotqizildi.
– Muqaddam tuman tibbiyot birlashmasi tizimida ishlaganman. Farzand tarbiyasi ta’tilidan so‘ng o‘z ishimga qaytishimda muammo kelib chiqdi. Sayyor qabul davomida murojaatim ijobiy hal etilib, avvalgi ishimga tiklandim, – deydi Urganji qishlog‘ilik D.Erqo‘zieva.
– Qishlog‘imizda homiylar hisobidan hashar yo‘li bilan yoshlar uchun kutubxona tashkil qilganmiz. Kutubxona faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun moddiy ta’minot va kitoblar yetishmaydi, – deydi G‘ijdon qishlog‘ida yashovchi N.Mo‘ydinova. – Murojaatim tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat prokurori kam ta’minlangan oilalarning xonadonlariga bordi.
Fuqaro Yu.Doniyorov oilasida 5 kishi yashaydi. Katta o‘g‘li R.Homidov bolalikdan tug‘ma nogiron, yana bir o‘g‘li Sh.Muxtorovning umurtqa pog‘onasi kasalligi sababli davolanishga muhtoj. O‘rganish davomida Yu.Doniyorovning farzandlarini davolanishga yotqizish masalasini ko‘rib chiqish haqida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, S.Hatambekovaning yashash xonadoni o‘rganilganda, bu yerda 2 nafar farzandlari bilan birga yashab kelayotganligi, ishsizligi, yollanma mehnati tufayli kun kechirayotganligi, yashash uyi ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro S.Imomovning yashash xonadoni o‘rganilganda, xonadonda turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandlari bilan birga yashab kelganligi, o‘zi nogironligi, davolanishga muhtojligi aniqlandi.
O‘rganish davomida mazkur masalalarni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarining ahvoli ham o‘rganildi. Xususan, 11-umumta’lim maktabining isitish tizimi hamda sport maydonchasi ta’mirga muhtoj bo‘lib, kutubxonada badiiy adabiyotlar yetishmaydi. Shuningdek, 31-maktabgacha ta’lim muassasasining hojatxonasi ta’mirtalab ekanligi, bolalar yo‘lakchalari asfaltlanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu masalalarni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi shaxsan viloyat prokurorining nazoratiga olindi.
M. SULAYMONOV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |